TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #13839

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan241Jumlah tampilan
Diterbitake8 Okt08-10-2025, 05:11
Isi

Isi kiriman

Dilshod Raxmatov – 2-turning “eng yaxshi murabbiyi”!!! O‘zbekiston milliy chempionati — Oliy liganing ikkinchi turidan keyin "eng yaxshi murabbiy"ni aniqlash maqsadida Telegram kanalimizga so‘rovnoma qo‘ygan edik. So‘rovnomada kuzatuvchilarimiz ancha faol qatnashishdi. 10 mingdan ziyod yurtdoshlarimiz so'rovnoma bilan tanishishgan bo‘lishsa, ularning yarmidan ko’prog’i — aniqrog‘i 6175 nafari ovoz berishdi. So‘rovnomada eng ko‘p ovozni "BMB PFC" (Jizzax) jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Raxmatov oldi — 39%. Jizzaxliklarning eng murosasiz raqibi — “Oil Star” jamoasi bosh murabbiyi Fuzuliy Xayrullayevning nomzodini kuzatuvchilarimizning 26% qo'llab quvvatlagan. SQB ustozi Konstantin Sviridov 23 % ovoz bilan uchinchi o'rinni band etgan bo‘lsa, OKMK bosh murabbiyi Aleksandr Petrov 12% ovoz bilan to‘rtinchi pog‘onadan joy egalladi. Shunday qilib, 2-tur yakunlariga ko‘ra Dilshod Raxmatov "2-turning eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram