TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #13998

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan1,010Jumlah tampilan
Diterbitake13 Okt13-10-2025, 09:59
Isi

Isi kiriman

MILLIY JAMOAMIZ NAVBATDAGI YIG’INNI BOSHLAYDI Futzal bo’yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari mamlakat milliy chempionatining 3-tur bahslari 13-oktabrdayakuniga yetishi bilan Toshkentda 18-oktabrga qadarnavbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Mashg’ulotlar “Yunusobod” sport majmuasida olib boriladi. Yig'in davomida jahon futzalida o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan Qozog'istonterma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashish ham rejalashtirilgan. Murabbiylar shtabi bu galgi yig‘inga BMB PFC a'zolaridan to'rt nafarini jalb etgan: Himoyachilar – Mashrab Odilov ("BMB PFC"), Shahzod Sa’diyev ("BMB PFC"). Qanot o’yinchisi – Muhammadali Xusanboyev ("BMB PFC"). Hujumchi– Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC"), Abbos Elmurodov, Abbosbek O'lmasbekov, Xusniddin Nishonov hamda Davlat Ibragimovlar jarohatidan to'liqligicha forig' bo'lmaganligi bois bu galgi yig'inni o'tkazib yuborishadi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum