TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Isi
Isi kiriman
LOKOMOTIV – BMB PFC uchrashuvidan keyin jizzaxliklar murabbiyi Aziz Mamatov o‘yin haqidagi o‘z fikrlarini bildirdi. - “Lokomotiv” yaxshi shakllangan jamoa. Bugungi bahsda jarohatlar bois ko‘p o‘yinchilarimizning xizmatidan foydalana olmadik. Qolaversa jamoamiz bosh murabbiyi kecha o‘smirlar terma jamoamiz bilan Bahraynga uchib ketdi. Bugungi uchrashuvda yirik hisob qayd etilgan bo‘lsa-da, oson o‘yin bo‘ldi deb o‘ylamayman. Oldinda bizni yana bitta qiyin uchrashuv kutib turibdi. Eng yaqin ta’qibchimizga qarshi o‘yinda tayyorlanishimiz kerak. Yigitlarga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman.