TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14144

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan1,010Jumlah tampilan
Diterbitake5 Nov05-11-2025, 15:13
Isi

Isi kiriman

Milliy terma jamoamiz VI Islom Birdamligi o'yinlari doirasida kuni kecha Saudiyaga qarshi bahsda ishtirok etib 5:2 hisobida irodali gʻalabaga erishdi. Milliy termamizning barcha gollarida BMB PFC futzalchilari ishtirok etgani quvonarli hodisa boʻldi. Uchrashuvning 1-boʻlimi soʻngida Muzaffar Axadjonov gol kiritib hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirdi va vakillarimiz durang bilan taymni yakunladi. Uchrashuvning 27-daqiqasida esa Muhammadali Khusanboyev goli orqali termamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada esa Akbar Usmonov gol kiritdi va hisob 3:1 koʻrinishiga keldi. Golli uzatmani esa Muzaffar Axadjonov amalga oshirdi. Oradan 2 daqiqa oʻrgach Mashrab Adilov uzoq masofada Saudiyaliklar darvozasini ishgʻol qildi - 4:1. Uchrashuvning soʻngi daqiqasi avvalida esa Abbos Elmurodov darvozabon pozitsiyasidan boʻsh qolgan darvozani ishgʻol etdi. Yakunda milliy terma jamoamiz 5:2 hisobida gʻalabani tantana qildi. Vakillarimiz navbatdagi bahsda Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi.