Isi kiriman
VI Islom birdamlik oʻyinlaridagi milliy terma jamoa safida BMB PFC futzalchilarining ishtiroki. 4-11-noyabr kunlari milliy terma jamoamiz jami 5 ta uchrashuvda maydonga chiqishdi. Ularning 3 tasi guruh bosqichi uchrashuvlari boʻlsa, bittasi yarim final bosqichi va yana biri bronza medallari uchun kechgan bahsdir. Turnir uchun milliy terma jamoa safiga BMB PFC futzalchilaridan jami 5 nafari borib qoʻshildi va vatanimiz sharafini himoya qilishdi. E’tiborli jihati shundaki Muzaffar Axadjonov, Mashrab Adilov, Shaxzodjon Sa’diyev, Abbos Elmurodov hamda Muhammadali Husanboyevlar turnir davomida gol kiritishga muvaffaq boʻlishdi: Muhammadali Husanboyev - 5 ta gol Muzaffar Axadjonov - 4 ta gol Mashrab Adilov - 2 ta Shaxzodjon Sa’diyev - 1 ta Abbos Elmurodov - 1 ta Telegram|Facebook|Instagram | Uzum