TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14162

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan1,150Jumlah tampilan
Diterbitake12 Nov12-11-2025, 12:22
Isi

Isi kiriman

Milliy terma jamoamizning soʻngi uchrashuvi bronza medallari uchun Saudiya Arabistoni termasiga qarshi kechdi. Uchrashuvning asosiy boʻlimlari 1:1 hisobida yakunlandi va gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan boʻldi. Penaltilar seriyasida Mashrab Adilov va Muzaffar Axadjonov gol kiritib bosh murabbiy tomonidan berilgan ishonchni oqlashdi. Penaltilar seriyasidagi qahramonlik esa darvozabonimiz Abbos Elmurodovga nasib qildi. U seriya davomida 2 ta penaltini bartaraf etishga erishdi va hotirjamlik bilan bitta penaltini aniq amalga oshira oldi. Yakunda esa termamiz 6:5 hisobida gʻalabani tantana qilib bronza medallariga ega chiqishdi. Islom birdamlik oʻyinlari doirasidagi jamoaviy sport turlari boʻyicha ilk medal sohiblarini ushbu tarixiy natija bilan tabriklaymiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum