Isi kiriman
Oliy liganing 6-tur uchrashuvlari Jizzax shahrida bo’lib o’tadi Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga jamoalarining 6-tur uchrashuvlari joriy yilning 3 – 8-dekabr kunlari Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadi. Turga viloyat futbol akademiyasi sport zali mezbonlik qiladi. Mazkur tur 2025-yil hisobidan so’nggisi bo’lganligi bois barcha jamoalar maksimal tarzda ochko jamg’arish payida bo’lishadi. Bu esa tur o’yinlarining qiziqarli hamda murosasiz kurashlar ostida o’tishiga asos bo’ladi. Shu ma`noda 6-turda biz yana keskin raqobat, hujumkor va sermahsul o’yinlar guvohi bo’lamiz. O’tkinchi bahslar bo’lmaydi, degan umiddamiz. 6-tur oldidan amaldagi chempion BMB eng yaqin ta`qibchilari SQB hamda “Oil Star” bilan 5 ochkolik tafovutni saqlab qoldi. Shuningdek, OKMK ham yetakchilarni izma iz quvib kelmoqda. Liganing "oltin o’rtaligidan" o’rin olgan jamoalar istalgan bahsda kutilmagan natijani qayd etishlariga ko’p bora shohid bo’ldik.