TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14286

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan1,220Jumlah tampilan
Diterbitake27 Nov27-11-2025, 04:41
Isi

Isi kiriman

OʻN TOʻRT UCHRASHUVDA 86 TA GOL… Oliy liga 5-turi ortda qoldi va jamoamiz joriy mavsumda jami 14 uchrashuvda maydonga chiqishdi. Ularning 12 tasi “Oq Yoʻlbarslar” gʻalabasi bilan yakunlandi. Bu borada jamoamiz Oliy liga ishtirokchilari ichida 12 bor gʻalaba qozongan yagona boʻlib turibdi. Shuningdek, 1 ta bahsda durang qayd etilgan boʻlsa, yana birida jamoamiz magʻlubiyatga uchragan. Endi esa qolgan raqamlarga toʻxtalamiz. BMB PFC liganing 14 uchrashuvida jami 86 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Bu har bir uchrashuv uchun oʻrtacha 6,5 ta gol degani. Oʻtkazilgan gollar esa 24 tani tashkil qiladi. Umumiy toʻplar nisbati: "+62". Ochkolarimiz soni esa 37 ta. Turnir jadvalidagi eng yaqin ta’qibchilarimiz BMB PFCdan 5 ochko ortda borishmoqda. Nima deb oʻylaysiz jamoamizning bu mavsumdagi 100-goliga kim mualliflik qiladi? Javoblaringizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz izohlariga yozib ketishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum