TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Isi
Isi kiriman
10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun! O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan. Madhiya Mutal Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov she’ri asosida yaratilgan. Davlatimiz madhiyasi - yoshu keksa qalbiga g‘urur, faxr bag‘ishlaydi. Yoshlarni ona Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida ulg‘ayishiga da’vat etadi. Ozod va osuda mamlakatimizning ulug‘ ramzi bo‘lgan Davlat madhiyasining satrlarida mard, mehnatkash xalqimizning orzu-umidlari, farovon hayotimiz, kelajakka mustahkam ishonch tasvirlangan.