Isi kiriman
"OQ YO'LBARSLAR" 6-TURNI YAKUNLADI! Jizzax shahrida o'tkazilgan turda jamoamiz 3 ta uchrashuvning barchasida g'alaba qozondi va eng yaqin ta'qibchilaridan 8 ochko ilgarilab ketdi. BMB PFC dastlab "Neftchi" jamoasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Undan keyin esa "Surxon" jamoasi darvozasi 9 bor ishg'ol qilindi. 6-tur doirasidagi so'ngi bahs "Qizilqum" jamoasiga qarshi kechdi. Bu bahsda 4:1 hisobida g'alabaga erishdik va ochkolarimiz sonini 46 taga yetkazib oldik. To'plar nisbati 102 ga 29. Bu natija orqali Oliy ligada eng ko'p gol kiritgan va eng kam gol o'tkazib yuborgan yagona jamoa bo'lib turibmiz. Jamoamiz sardori Mashrab Adilov hamda Shaxzodjon Sa'diyev afsuski uchrashuvlar mobaynida jarohat olib maydonni erta tark etdi. Ularga sog'liq tilaymiz va tez orada safimizga qaytishiga ishonamiz. BMB PFC tongda Toshkent shahriga qaytadi. "OQ YO'LBARSLAR" CHEMPIONLIK SARI DAVOM ETADI - SIZ ESA BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum