Isi kiriman
Hurmatli kuzatuvchilar! O‘zbekiston Futzal federatsiyasi mavsum yakunlari bo‘yicha laureatlarni aniqlovchi “Futsal Awards–2025” tadbiriga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nominatsiyalar orasida “2025-yilgi mavsumning eng chiroyli goli” yo‘nalishi ham o‘rin olgan. Bugun e’tiboringizga 2025-yilgi mavsum davomida kiritilgan betakror 10 ta golni havola qilamiz. Siz, aziz kuzatuvchilarimiz tomonidan berilgan ovozlarga ko‘ra, ushbu nomzodlar orasidan eng munosib besh nafari saralab olinadi. “Futsal Awards–2025” anjumanida esa murabbiylar shtabi va mutaxassislar fikrlari umumlashtirilib, "mavsumning eng chiroyli goli" e’lon qilinadi. Ovoz berish jarayonida faol ishtirok eting — sizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega! 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram