TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14516

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan268Jumlah tampilan
Diterbitake14 Des14-12-2025, 09:19
Isi

Isi kiriman

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun Buxoroda yigʻinni boshlaydi Dekabr oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi. Ushbu yigʻin yanvar oyining soʻnggi oʻn kunligida Indoneziyada start oladigan Osiyo kubogi musobaqasi oldidan oʻziga xos koʻrik vazifasini oʻtab beradi. Mashgʻulotlar 2024-yilgi Jahon chempionati oʻyinlari munosabati bilan qurilib, foydalanishga topshirilgan “Universal” sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Yigʻin doirasida Nodir Eliboyev shogirdlari jahonning kuchli jamoalaridan biri sanalgan Rossiya milliy terma jamoasiga qarshi ikkita xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazishni rejalashtirgan. Afsuski, avvalroq eʼlon qilingan milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibida juzʼiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bu mamlakat milliy chempionatining soʻnggi tur uchrashuvlarida olingan jarohatlar bilan bogʻliq. Xususan, terma jamoa shifokorlari maʼlum qilishicha, himoyachilar Mashrab Odilov va Shahzodjon Saʼdiyevlarning jarohatlari kutilganidan ancha jiddiy ekani aniqlangan. Ular toʻliq tiklanishi uchun koʻproq vaqt talab etilishi sababli Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, isteʼdodli yarim himoyachi Muhammadali Xusanboyev ham 6-turdan keyin terma jamoa murabbiylari ixtiyoriga jarohat bilan qaytdi. Bu holat milliy terma jamoa murabbiylar shtabi rejalariga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilishiga olib keldi. Endilikda himoya va hujum chiziqlarida oʻzaro yaxshi tushunadigan futbolchilar bogʻlanmalarini shakllantirish uchun koʻproq vaqt va amaliy mashgʻulotlar talab etiladi. Shu bois Nodir Eliboyev Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda yangi nomzodlardan iborat eksperimental tarkibni sinab koʻrishga majbur boʻladi. Eslatib oʻtamiz, 🇺🇿Oʻzbekiston — Rossiya🇷🇺 milliy terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 19- va 21-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Uchrashuvlar soat 17:00 da start oladi. Ulardan birinchisi muxlislar uchun ochiq bo'ladi va OʻzMTRKning “Futbol” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston futbol federatsiyasining rasmiy YouTube kanali orqali ham uchrashuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilish mumkin. Buxorolik futbol ishqibozlari hamda qadimiy shahar mehmonlarini milliy terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlash uchun “Universal” sport majmuasiga - 19-dekabr sanasidagi o'yinga taklif etamiz. Tomoshabinlar uchun kirish mutlaqo bepul. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram