Isi kiriman
📢 Assalomu alaykum, hurmatli kuzatuvchilar! Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston futzal federatsiyasi mamlakatimiz futzalida yilning eng muhim tadbirlaridan biri — “Futsal Awards–2025” tantanali taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Juma kuniga Hukumat miqyosida rasmiy tadbirlar rejalashtirilganligi sababli “Futsal Awards–2025” taqdirlash marosimi sanasiga o‘zgarish kiritildi. 🗓Sana: 27-dekabr ⏰Boshlanish vaqti: 15:00 📍Manzil: Toshkent shahri, “Hilton” mehmonxonasi, anjumanlar zali Mazkur tantanali marosimda 2025-yil davomida yurtimiz futzali rivojiga munosib hissa qo‘shgan, fidoyilik va yuksak mahorat namoyon etgan sportchilar, murabbiylar hamda soha mutaxassislari taqdirlanadi. 🏆 Quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi: 🟢 Eng yaxshi yosh futzalchi 🧤 Eng yaxshi darvozabon 👔 Eng yaxshi murabbiy 🌍 Eng yaxshi legioner ⭐️ Eng yaxshi futzalchi 📝 Ramziy terma jamoa 🚀 Yil kashfiyoti ⚽️ Eng chiroyli gol 🤝 Fair Play Shuningdek, o‘zbek futzali taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi mutaxassislar, OAV vakillari hamda homiylar maxsus sovrinlar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan. 🎙 “Futsal Awards–2025” tadbiriga 2025-yil uchun O‘FF tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etiladi. 📝Ro‘yxatdan o‘tish marosim kuni soat 14:00 dan boshlab “Hilton” mehmonxonasi anjumanlar zali kirish foyesida amalga oshiriladi. 📸 Futzal bayramida uchrashguncha!