Isi kiriman
Jamoamiz bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qilamiz. Mazkur qaror ikki tomonlama kelishuv asosida qabul qilindi. Rahmatov bilan hamkorlik davomida klubimiz rivoji yo‘lida qilingan mehnat va fidoiy harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu mutaxassis jamoamiz bilan birga muhim bosqichlarni bosib o‘tdi va klub tarixidagi yorqin lahzalarga o‘z hissasini qoʻshdi. Dilshod Rahmatovning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilab qolamiz. Bugungi kunga qadar jamoamiz yordamchi murabbiyi sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan Aziz Mamatovga klub ta’sischilar umumiy yigʻilishining qaroriga koʻra Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi. “Oq Yoʻlbarslar”ning yangi bosh murabbiyining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum