TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14779

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan240Jumlah tampilan
Diterbitake14 Jan14-01-2026, 10:41
Isi

Isi kiriman

Turning "eng yaxshi murabbiysi"ga nomzodlar O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2025/2026-yilgi mavsumning har bitta turidan keyin "eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasi g’olibini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. 7-tur yakunlari bo‘yicha laureatlikka da’vogarlar besh nafar. Ulardan qay biri samarali mehnat qildi va Sizda yorqin taassurot qoldirdi? Buni, aniqlab berish uchun Telegram kanalimizdagi so’rovnomada faol qatnashing. Quyida nomzodlar e`tiboringizga havola etiladi: 1. Fuzuli Xayrulloyev ("Oil Star") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi — 16:3. 2. Abdulla Bo’riyev (“Bunyodkor”) — 3 ta o'yin, 2 ta g'alaba, 1 ta durang, to'plar farqi — 9:4. 3. Aziz Mamatov ("BMB PFC")— 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 11:7. 4. Konstantin Sviridov (SQB) — 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 8:5. 5. Aleksandr Petrov (OKMK) — 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 7:6.