TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14783

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan1,060Jumlah tampilan
Diterbitake15 Jan15-01-2026, 11:02
Isi

Isi kiriman

Ortda qolgan 7-tur haqida gaplashamiz Ushbu tur bahslari kutilganidek oson oʻtmadi. BMB PFC dastlab Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Bahs 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Oradan ikki kun oʻtgach turnir jadvalining yuqori beshligida kelayotgan Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan navbatdagi bahs boʻlib oʻtdi. Unda BMB PFC 7:3 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. Turning markaziy uchrashuvi 12-yanvar sanasida boʻlib oʻtdi. Oʻsha kuni muxlislar BMB PFC hamda SQB jamoalarining oʻzaro raqobatiga guvoh boʻlishdi. “Yunusobod SM”da qariyb 2 ming muxlis uchrashuvni jonli tomosha qilishdi. Mingdan ziyod tomoshabinlar esa 1 daqiqa ham toʻxtamay “Oq Yoʻlbarslar”ni qoʻllab-quvvatlagan holda ajoyib atmosfera yaratishdi. Uchrashuv 3:3 hisobidagi jangovor durang bilan yakunlandi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum