TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14796

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan322Jumlah tampilan
Diterbitake21 Jan21-01-2026, 15:55
Isi

Isi kiriman

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakartaga uchib ketadi Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi final bosqichi bahslarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tunda Jakarta shahriga uchib ketadi. Indoneziya mamlakati poytaxtida bo'lib o‘tadigan bahslarini terma jamoamiz “C” guruhida to'rt karra Osiyo chempioni — Yaponiya, shuningdek, yon qo'shnilarimiz — Tojikiston va yashil qit`a vakillari — Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Qit`a chempionati bahslari 2026-yilning 27-yanvar – 6 fevral sanalarida Indoneziya poytaxtidagi "Jakarta Arena" (sig'imi 16500 tomoshabin) va "Jakarta xalqaro volodromi" (sig'imi 8500 tomoshabin) sport majmualarida bo'lib o'tadi. Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga “Oil Star” (4 nafar), "Nasaf" (3 nafar), BMB (2 nafar), OKMK (2 nafar), SQB(2 nafar), “Lokomotiv” (1 nafar) jamoalaridan jami 14 nafar o‘yinchi jalb etilgan. 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram