Isi kiriman
BMB PFC | TRAINING Bugungi mashgʻulot jarayonlari ham reja asosida va yuqori saviyada olib borildi. Dastlab futzalchilar jismoniy holatni optimal darajaga olib chiqish maqsadida qizib olish bosqichini qiziqarli va raqobatbardosh estafetalar orqali amalga oshirishdi. Ushbu mashqlar jamoaviy ruhni mustahkamlash va tezkorlik hamda chaqqonlikni oshirishga xizmat qildi. Shundan soʻng murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan taktik va texnik ishlanmalar ustida ish olib borildi. Oʻyinchilarning joylashuvi, toʻp bilan harakatlanish, tezkor qaror qabul qilish va standart vaziyatlardagi harakatlar alohida e’tiborda boʻldi. Jamoamiz har bir mashgʻulotda intizom, yuqori temp va fidoyilik bilan ishlashda davom etmoqda. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum