TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #14986

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan448Jumlah tampilan
Diterbitake2 Mar02-03-2026, 11:35
Isi

Isi kiriman

Nodir Eliboyev – 8-turning “eng yaxshi murabbiyi”! Ma’lumki, O‘zbekiston futzal federatsiyasi har bir turdan so‘ng milliy chempionat doirasida “Turning eng yaxshi murabbiyi”ni aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazib kelmoqda. Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan 8-tur yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan navbatdagi so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ko‘p ovozni Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev to‘pladi — 41 foiz. Toshkentning SQB jamoasi ustozi Konstantin Sviridov 21 foiz ovoz bilan ikkinchi natijani qayd etdi. So‘rovnomada keyingi uchta o’rin egalarining natijalari bir birlarinikiga juda yaqin bo’ldi. “Oil Star” bosh murabbiyi Fuzuli Xayrulloev, “Bunyodkor” ustozi Abdulla Bo’riyevlar 13 foizdan ovoz jamg’arishgan bo’lishsa, Farg’onaning “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirov 12 foiz natijani qayd etdi. Shu o‘rinda barcha turlarda “Turning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan mutaxassislar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz: • 1-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov • 2-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov • 3-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov • 4-turning eng yaxshi murabbiyi — Ravshan Rajabov • 5-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov • 6-turning eng yaxshi murabbiyi — Alisher Yusupov • 7-turning eng yaxshi murabbiyi — Fuzuli Xayrulloyev • 8-turning eng yaxshi murabbiyi — Nodir Eliboyev 🇺🇿BMB | ⭐️SQB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram