Isi kiriman
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, MUHAMMADALI XUSANBOYEV! Jamoamizning 2005-yilda tavallud topgan, yosh bo‘lishiga qaramay maydonda katta tajriba va ishonch bilan harakat qilayotgan futzalchisi Muhammadali Xusanboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Muhammadali bugun nafaqat iqtidorli yosh futzalchi, balki o‘yinni chuqur tushunadigan, mas’uliyatni his qiladigan va jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadigan futbolchiga aylanib bormoqda. Har bir bahsda uning mehnati, intizomi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi yaqqol sezilib turadi. Muhammadali sizga mustahkam sog‘liq, barqaror o‘sish, yanada boy tajriba va katta g‘alabalar tilaymiz! Maydonlarda ishonchli o‘yin, yorqin lahzalar va muxlislar olqishi hamisha siz bilan bo‘lsin! Yangi yoshingiz muborak bo‘lsin! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum