TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Isi
Isi kiriman
Jizzaxdagi sermahsul o‘yinlar va ishonchli peshqadamlik Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tur jamoamiz uchun nihoyatda sermahsul va muvaffaqiyatli yakunlandi. Ikki uchrashuv davomida futzalchilarimiz hujumkor va tomoshabop o‘yin namoyish etib, raqib darvozalarini 17 bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Har ikki uchrashuvdagi ishonchli g‘alabalar jamoamizga muhim ochkolarni taqdim etdi. Ushbu natijalar ortidan ochkolarimiz soni 63 taga yetdi va turnir jadvalidagi yetakchiligimiz yanada mustahkamlandi. Eng yaqin ta’qibchilarimizdan mos ravishda 9 va 10 ochkolik farq yuzaga kelgani jamoamizning mavsum davomida barqaror o‘yin namoyish etayotganidan dalolat beradi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum