TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #15112

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan913Jumlah tampilan
Diterbitake14 Mar14-03-2026, 02:35
Isi

Isi kiriman

Tur doirasidagi so‘nggi uchrashuv esa alohida e’tiborga loyiq bo‘ldi. Jamoamiz 10:3 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, ligadagi eng katta hisobdagi g‘alabasini ham qayd etdi. Bu natija jamoaning hujum chizig‘i yuqori formaga kirganini yana bir bor tasdiqladi. Jizzaxdagi tur nafaqat ochkolar jihatidan, balki o‘yin sifati va golga boyligi bilan ham jamoamiz uchun muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Endilikda jamoa mavsumning keyingi uchrashuvlariga ham shu ruhda tayyorgarlik ko‘rishni davom ettiradi. 9-turdagi barcha uchrashuvlar yakunlangach jamoamiz poytaxtga qaytdi va bir necha kunlik qisqa tanaffusga chiqdi. Tez orada yana mashgʻulotlarga qaytamiz va kelgusi turga jiddiy tayyorgarlikni davom ettiramiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum