TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #15113

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan416Jumlah tampilan
Diterbitake16 Mar16-03-2026, 07:03
Isi

Isi kiriman

Chempion muddatidan oldin aniqlanishi ehtimoli yuqori… Jizzaxdagi turda sermahsullik sezilarli tarzda o’sdi Mamlakat XXIX milliy chempionati — Oliy liga futzal musobaqasining 9-tur uchrashuvlari ham qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo’ldi. Amaldagi chempion turni yuz foizlik natija bilan yakunlab, eng yaqin ta’qibchilari bilan farqni yanada oshirib oldi. Jizzaxliklar ushbu o’yin sur`ati hamda bahslarga tayyorgarlik jarayonini susaytirishmasa, katta ehtimol bilan muddatidan avval o’z unvonlarini himoya etishlari kutilmoqda. BMB PFCni ta`qib etib kelayotgan SQB kutilmaganda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o’yinda ochko yo’qotdi. Bundan esa o’tgan mavsum vitse-chempioni “Oil Star” unumli foydalandi va ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi. Medallar uchun kurashish imkoniyati Toshkent viloyati Olmaliq shahrining OKMK jamoasida ham saqlanib qolmoqda. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa bu kurashdan chiqqanga o’xshaydi. Aynan bankchilarga imkoniyatni boy bergan “ajdarlar” endilikda OKMKdan etti ochkoga ortda qolmoqda. Bu turda sermahsullik Andijondagi turga nisbatan sezilarli ravishda o’sdi. Jizzaxlik futzal ishqibozlari to’rt kun mobaynida biri biridan chiroyli gollarning shohidi bo’lishdi. 9-turda jamoalar 10 ta uchrashuvda darvozalarga 72 ta gol kiritishdi. O‘rtacha har bitta o’yinga 7,2 tadan gol to’g’ri keldi. 🔹 Tur doirasida amaldagi chempion — BMB PFC, vitse-chempion – “Oil Star” hamda Farg’onaning “Neftchi” jamoalari yuz foizlik natija ko‘rsatishdi. Shu o’rinda, farg‘onaliklarga bitta o‘yinda texnik g‘alaba yozilganini ham eslatib o’tamiz. 🔹 9-turni yuz foizlik natija qayd etgan uchlikdan tashqari, Toshkentning SQB jamoasi ham mag’lubiyatsiz o’tkazdi. Faqat bankirlar bitta o’yinda g’alaba qozonib, bitta bahsda durang qayd etishdi. 🔹 O’tgan turdan keyin mamlakat milliy chempionatidan chetlatilgan “Surxon” jamoasiga bu turda ham ikkita texnik mag’lubiyat yozildi. 🔹 9-turda bir yo’la to’rtta jamoa faqatgina bittadan ochko bilan kifoyalandi: OKMK, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Maksam-Chirchiq”. 🔹 Turning eng sermahsul jamoasi BMB PFC bo‘ldi – 17 ta gol. Keyingi ko‘rsatkich “Oil Star”ga tegishli – 10 ta gol; 🔹 Turda eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa “Lokomotiv” bo‘ldi – 13 ta gol. Keyingi natija OKMK ga to‘g‘ri keldi – 10 ta gol; 🔹 Turda eng kam gol o’tkazgan jamoalar SQB va “Nasaf” bo’ldi – 4 tadan gol. BMB PFC va “Oil Star” o’z darvozasidan 5 martadan to’p olib chiqdi; 🔹 Turda eng kam gol urgan jamoalar “Qizilqum” (1 ta o‘yinda 2 ta gol) hamda “Dinamo” (2 ta o‘yinda 2 ta gol) bo‘ldi; 🔹Eng yirik hisob BMB PFC – “Lokomotiv” uchrashuvida qayd etildi – 10:3. “Nasaf” esa “Dinamo” jamoasi darvozasiga javobsiz oltita gol urdi – 6:0; 🔹Eng sermahsul o‘yin: BMB PFC – “Lokomotiv” (10:3) uchrashuvi bo‘ldi. Darvozalarga 13 ta gol kiritildi; 🔹Eng kam gol urilgan o‘yin: SQB – “Dinamo” – 2:2; 🇺🇿BMB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram