Isi kiriman
Chempionlik sari dadil qadamlar! Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy liga 10-tur uchrashuvlari jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Uchta o‘yin davomida futzalchilarimiz hujumkor va tomoshabop o‘yin namoyish etib, raqiblar darvozasini 14 bor ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchala uchrashuvda qo‘lga kiritilgan ishonchli g‘alabalar jamoamizga muhim ochkolarni taqdim etdi. Ushbu natijalar ortidan ochkolarimiz soni 72 taga yetdi va turnir jadvalidagi yetakchiligimiz yanada mustahkamlandi. Eng yaqin ta’qibchilarimizdan mos ravishda 9 va 12 ochkolik farq yuzaga kelgani jamoamizning mavsum davomida barqaror o‘yin namoyish etayotganidan dalolat beradi. Bu gʻalabalar oldinda qolgan ikki tur uchrashuvlarida nazariy va matematik jihatdan muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyatini yanada yaqinlashtirmoqda. Jamoamiz tur bahslarini yakunlab Toshkent shahriga qaytishdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum