Isi kiriman
Turning "eng yaxshi murabbiysi"ga nomzodlar O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2025/2026-yilgi mavsumning har bitta turidan keyin "eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasi g’olibini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. 10-tur yakunlari bo‘yicha laureatlikka da’vogarlar besh nafar. Ulardan qay biri samarali mehnat qildi va Sizda yorqin taassurot qoldirdi? Buni, aniqlab berish uchun Telegram kanalimizdagi so’rovnomada faol qatnashing. Quyida nomzodlar эътиборингизга havola etiladi: 1. Nodir Eliboyev ("BMB PFC") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba, to'plar farqi — 14:2. 2. Fuzuli Xayrulloyev ("Oil Star") — 3 ta oyin, 3 ta g’alaba, to'plar farqi — 9:3. 3. Bahodir Ahmedov(“Maksam-Chirchiq”) — 3 ta oyin, 3 ta g’alaba, to'plar farqi — 8:1. 4. Abdulla Bo’riyev(“Bunyodkor”) — 3 ta o'yin, 2 ta g’alaba, 1 ta durang, to'plar farqi — 4:1. 5. Konstantin Sviridov(SQB) — 3 ta o’yin, 2 ta g’alaba, 1 ta mag’lubiyat, to’plar farqi – 7:7. 🇺🇿BMB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram