TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #15274

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan729Jumlah tampilan
Diterbitake13 Apr13-04-2026, 14:10
Isi

Isi kiriman

Qisqa muddatli tanaffusdan soʻng BMB PFC yana jamoaviy mashgʻulotlarga qaytdi. Bugungi mashg‘ulot qizib olish mashqlari bilan boshlandi. Futzalchilar jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida turli mashqlarni bajarishdi. Darvozabonlar esa alohida murabbiy bilan maxsus mashg‘ulotlar olib borishdi. Shundan so‘ng jamoa taktik ishlarga o‘tdi. Mashg‘ulot davomida o‘yinchilar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, tezkor qaror qabul qilish va maydondagi harakatlarni uyg‘unlashtirish ustida ishlashdi. Yakunda kichik o‘yin tashkil etilib, mashg‘ulot yuqori kayfiyatda yakunlandi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum