TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BMB PFC
BMB PFC avatar

TGINSIGHT POST

Post #15394

@bmbpfc

BMB PFC

Tampilan1,020Jumlah tampilan
Diterbitake21 Apr21-04-2026, 08:58
Isi

Isi kiriman

CHEMPIONLIKKA BIR QADAM QOLDI Futzal bo‘yicha mamlakat Oliy ligasining 11-turiga Qarshi shahri mezbonlik qildi. Ushbu turda jamoamiz ikki uchrashuvda maydonga tushib, har ikkala bahsda ham to‘rttadan gol urdi. Dastlab Navoiyning “Qizilqum” jamoasi 4:1 hisobida mag‘lub etildi. Shundan so‘ng Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi ustidan 4:2 hisobida ishonchli g‘alaba qayd etildi. Taqvimga ko‘ra “Surxon” jamoasiga qarshi uchrashuv ham belgilangan edi, biroq raqib musobaqadan chetlatilgani sabab jamoamiz foydasiga texnik g‘alaba yozilishi belgilandi. Natijada tur yakunida maksimal natija — 9 ochko qo‘lga kiritilmoqda. Bu muvaffaqiyat jamoamizga turnir jadvalidagi yetakchilikni mustahkamlash bilan birga, chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirish imkonini yanada yaqinlashtirdi. Jamoamiz bugun tushda poytaxtga qaytdi va qisqa tanaffusga chiqdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum