TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
Surxondaryo viloyati Kengashi avatar

TGINSIGHT CHAT

Surxondaryo viloyati Kengashi

@ecopartysurxon

Politics

🌱 O'zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashining telegramdagi rasmiy kanali. Manzil : Termiz shahar Istiqlol ko'chasi, 64-uy Tel ☎️ +998 95 307 75 75 Bot🤖@OzEPSurxonMurojaat_bot • Facebook: www.fb.com/ecopartysurxon • Instagram: www.

Pelanggan3,340Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak1,010Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini224Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Kaca 1 saka 85 · 1,010 kiriman

Diterbitake 24 Apr

🔴#Live #Anjuman Yashil iqtisodiyotga o‘tish zaruratga aylanib bormoqda Tadbirning ochilish qismida so‘zga chiqqan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Islomjon Qo‘chqorov yashil iqtisodiyotga o‘tish bugungi kunda muqobil yo‘l emas, balki zaruratga aylanib borayotganini alohida ta’kidladi. — Bugungi globallashuv davrida ekologik muammolar tobora dolzarb tus olmoqda. Shu bois, yashil iqtisodiyotga o‘tish masalasi muqobil yo‘l emas, balki zaruratga aylanmoqda. Bu jarayon esa nafaqat davlat siyosati, balki biznes, ilmiy hamjamiyat va jamiyatning barcha qatlamlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni talab etadi, dedi I.Qo‘chqorov. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

4 views

Diterbitake 24 Apr

🔴#Live #Anjuman Ayni paytda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida “O‘zbekistonning yashil iqtisodiyoti: barqarorlik hisoboti, biznes strategiyalar va menejment transformatsiyasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur anjuman Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “International school of finance technology and sciyence” instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari, olimlar, ekspertlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

3 views

Diterbitake 24 Apr

#Ekopartiya #Sariosiyo_tumani #Deputat_faoliyati Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi ✍️ Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorovlar 36-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 🤔O‘rganish davomida kutubxonaning kitob fondi va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi,o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda mutolaa qilishlari uchun yaratilgan sharoitlar,kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi. ✍️ Tashrif yakunida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish va o‘quvchilarni kitobxonlikka yanada kengroq jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

31 views

Diterbitake 24 Apr

Fraksiyamizning navbatdagi yig‘ilishida Hisob palatasining 2025-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

16 views

Diterbitake 23 Apr

#Tashabbus Iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfeli yaratiladi Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy ekologik sammitdagi nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratish tashabbusi ham ilgari surdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bu orqali hozirgi tarqoq va alohida amalga oshirilayotgan loyihalarni birlashtirib, mintaqa miqyosida yaxlit strategik yondashuvni shakllantirish imkoni yaratiladi. Bunday tizimli yondashuv investitsiyalarni samarali taqsimlash, loyihalarning shaffofligini ta’minlash va ularning amaliy natijadorligini oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro tahlillarga ko‘ra, rivojlanayotgan davlatlarda iqlim sohasidagi yirik dasturlarni markazlashgan holda boshqarish investitsiya jalb etish hajmini kamida 25–30 foizga oshirish imkonini beradi. Shu ma’noda, yagona investitsiya portfeli sherik davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar uchun aniq va ishonchli hamkorlik platformasini yaratadi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

17 views

Hashtags

Diterbitake 23 Apr

#Ekopartiya #Denov_tumani #Gazeta Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Denov tuman partiya tashkiloti raisi B. Eahquvvatovning ʼʼOna sayyoramizni asraylikʼʼ nomli maqolasi Tashrif gazetasining 2026-yil 22-apreldagi 7-8- sonida oʻqing. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

17 views

Diterbitake 23 Apr

#Ekopartiya #Denov_tumani #Deputat_faoliyati 📌 Deputat va saylovchilar- amaliy muloqot va natija 🏛 Bugun Xalq deputatlari Denov tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 23-“Sohibkor” saylov okrugi deputati M.Haydarov o‘z hududida bo‘lib, mavjud holatni o‘rganish, aholi muammolarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan navbatdagi tashrifni amalga oshirdi. 🔎 Tashrif davomida hududdagi dolzarb masalalar atroflicha o‘rganildi: 💧 Mahallada toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, “O‘rtaqishloq” mahallasida suv minorasi ta’mirtalab holga kelib qolganligi ko‘zdan kechirildi. 🛣 Shuningdek, 100 dan ortiq xonadon aholisining markaziy yo‘lga chiqishini ta’minlovchi yo‘lning yopilib qolganligi fuqarolar tomonidan muammo sifatida bildirildi. 🤝 Fuqarolar bilan muloqot jarayonida kam ta’minlangan oilalardan biriga tashrif buyurilib, bir xonadonda 4 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilayotgani aniqlandi. Ulardan 3 nafari nogironlik nafaqasi olayotgan bo‘lsa, yana 1 nafar fuqaro uchun nogironlik guruhini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.  📄 Yuqorida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish bo‘yicha kelishuvga erishildi. ✅ Hududdagi muammolarni hal etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda manzilli ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

15 views

Diterbitake 23 Apr

#Tashabbus Markaziy Osiyo "yashil savdo" yo‘lagi Markaziy Osiyoda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Ostonadagi mintaqaviy ekologik sammitda ilgari surilgan “Markaziy Osiyo yashil savdo yo‘lagi”ni tashkil etish tashabbusi muhim strategik ahamiyatga ega. Davlat rahbari mazkur tashabbus doirasida ekomahsulotlar aylanmasini kengaytirish, savdoda to‘siqlarni kamaytirish va mintaqaviy integratsiyani chuqurlashtirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, imtiyozli bojxona tartiblarini joriy etish hamda “yashil” standartlarga javob beruvchi mahsulotlar uchun sertifikatlarni o‘zaro tan olish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Ushbu choralar sanoatni modernizatsiya qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish va eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi. Xalqaro baholashlarga ko‘ra, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish orqali ishlab chiqarish samaradorligini 15–20 foizga oshirish va energiya sarfini sezilarli darajada qisqartirish mumkin. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

16 views

Hashtags

Diterbitake 23 Apr

Fraksiyada Hisob palatasining hisoboti muhokama qilindi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida Hisob palatasining 2025-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi. Batafsil:👉https://ecouz.uz/news/794 ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram | 🌐 Web site | 📹You Tube

21 views

Diterbitake 23 Apr

#Axborot24 Ostona sammiti Markaziy Osiyoda ekologik diplomatiya, hamkorlik va barqaror taraqqiyotning yangi davrini boshlab beradi. ✅Telegram| ✅Facebook | 🌐Instagram| 📹You Tube

23 views

Hashtags

Diterbitake 23 Apr

#TabiatUchun #Termiz_shahar #Termiz_tumani #Aksiya_Yoshekologlar 🌿🌏Termizda #TabiatUchun chellenji doiraisda ekologik aksiya o'tkazildi O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan #TabiatUchun chellenji doirasida Termiz shahridagi “Bobur” istirohat bog‘ida keng ko‘lamli ekologik aksiya tashkil etildi. Mazkur aksiya tabiatni asrash, ekologik madaniyatni oshirish hamda aholini bu kabi amaliy ishlarga chorlashga qaratildi. Aksiyada O‘zbekiston Ekologik partiyasi Termiz shahar va Termiz tuman Kengashlari raislari, viloyat partiya tashkiloti qoshidagi “Yosh ekologlar” qanoti faol a’zolari faol ishtirok etdi. ♻️ Aksiya davomida — istirohat bog‘i hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan daraxtlarni oqlash ishlari amalga oshirildi, hudud plastik va boshqa maishiy chiqindilardan tozalandi, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi. 🌱 Ushbu amaliy harakatlar orqali ishtirokchilar tabiatga mehr va e’tibor har bir fuqaroning muhim burchi ekanini yana bir bor namoyon etdilar. 🌍 Tabiatni asrash – kelajakni asrashdir—Bugun tozalik – ertaga farovonlik! Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

33 views

Diterbitake 23 Apr

#Ekopartiya #Qiziriq_tumani #Deputat_faoliyati “Tinchlik” mahallasida muammolarni aniqlash va hal etish bo‘yicha o‘rganish ishlari bo‘lib o‘tdi ✅Xalq deputatlari tuman Qiziriq tuman Kengashiga O'zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Q. Igamberdiyeva “Tinchlik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. ⏺Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholining kundalik murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yechimi hamda hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi. ⏺Shundan so‘ng mahalla hududi ko‘chama-ko‘cha o‘rganilib, joylardagi infratuzilma, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mavjud kamchiliklar aniqlanib, qayd etib borildi. ⏺O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, shuningdek, deputatlik so‘rovlari kiritish orqali yechim topish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ekopartiya Surxondaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati

28 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485
SadurungeKaca 1 saka 85Sabanjure