TGINSIGHT CHAT
Ijtimoiy_hodim👥
@ijtimoiy_hodim2
Law🧩 Ijtimoiy_hodim — jamiyat uchun foydali bilimlar manbai! 👥 Ijtimoiy himoya ♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari 👨 Muhtoj oilalar bilan ishlash 📚 Qonunchilik, amaliyot va tushunchalar Murojaat va takliflar uchun: @Ijtimoiyhodim_bot
Kiriman terkini
Kaca 1 saka 20 · 234 kiriman
Diterbitake 18 Apr
Diterbitake 18 Apr
3 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalari uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadigan ota-ona tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar soliqdan ozod etildi. Shuningdek, kunduzgi parvarish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlar barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) toʻlashdan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi. ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 17 Apr
Diterbitake 17 Apr
📢 KAMBAG‘AL OILALAR UCHUN YANGILIKLAR Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda. ✅ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” orqali yordamlar endi yanada shaffof va tez ajratilmoqda ✅ Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordamlar manzilli tarzda berilmoqda ✅ Bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari qayta ko‘rib chiqilmoqda ✅ Oilalarning daromadlari raqamli tizim orqali avtomatik baholanmoqda 📌 Endilikda fuqarolar: 🟢 ortiqcha hujjatlarsiz 🟢 navbatlarsiz 🟢 onlayn tarzda ariza topshirishi mumkin 🌐 Ariza berish: my.gov.uz portali orqali 💬 Eslatma: Agar siz yoki yaqinlaringiz kam ta’minlangan bo‘lsa, albatta ro‘yxatdan o‘tib, davlat yordamidan foydalaning! ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 17 Apr
✅Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ID-karta rasmiylashtirish 📌Oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sogʻligʻining holatiga koʻra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar ID-kartani rasmiylashtirish va olish uchun maʼlumotlarni yigʻish punktiga shaxsan oʻzlari yoki qonuniy vakillari orqali (ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda — ID-karta maʼlumotlarni yigʻish punktining masʼul xodimi tomonidan oʻn besh kun muddatda ushbu shaxslarning yashash manziliga borgan holda rasmiylashtiriladi va beriladi. ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 16 Apr
❗️Ҳайдовчилар диққатига: меҳнат ва дам олиш тартибига риоя қилмаслик қимматга тушади Эндиқуйидаги ҳолатларда БҲМнинг 7 баравари (деярли 2,9 млн сўм) миқдорида жарима солинади: ▪️ Рақамли назорат ускунасисиз (тахографсиз) юк ёки йўловчи ташиш. ▪️Носозтахографдан фойдаланиш ёки уни атайлаб ўчириб қўйиш. ▪️ Тахографни ўчирибқўйганҳолда, ҳайдовчининг тахографда фойдаланиладиган картага эга бўлмаган ҳолатида. ▪️Ҳайдовчиларнинг меҳнат ва дам олиш режимини бузиши. Бу талаблар халқаройўналишда автомобилда юк ва йўловчи ташувчилар ҳамда М3 ва N3 тоифали (катта ҳажмли автобуслар ва оғир юк машиналари) транспортларда 400 км ва ундан ортиқ масофага шаҳарлараро қатновчиларга тааллуқли. Мазкур Қонун 2026 йил 10 майдан кучга киради. ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 16 Apr
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarga aprel oyi uchun bir martalik moddiy yordam pullari moliyalashtirildi Aprel oyida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan 1490 nafar shaxsni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga 3,7 mlrd so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam pullari to‘liq moliyalashtirib berildi. Ozod etilgan fuqarolar ushbu nafaqa mablag‘larini olish uchun joriy oyning 27 sanasiga qadar Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilishlari mumkin. 🖋Ma’lumot uchun: Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar bir martalik moddiy yordam pulini tayinlash masalasi bo‘yicha tuman (shahar) Probatsiya xizmatiga murojaat qilinadi. ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 16 Apr
Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etgan xodimlar rag‘batlantiriladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, to‘xtatish va uni to‘liq fosh etishda faol ishtirok etgan xodimlarvazirning vakolati doirasida belgilangan tartibda bazaviy hisoblash miqdorining 35 barobari miqdoridagacha rag‘batlantiriladi. 🔝Ishonch telefoni +998712000600 ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 15 Apr
Мактабгача таълим хизмати учун моддий ёрдам ажратилади Ҳукумат қарорига мувофиқ, камбағал оилалар реестрига киритилган ва расмий иш жойига эга бўлган ёлғиз ота ёки онага ижтимоий шартнома асосида мактабгача таълим хизмати учун моддий ёрдам ажратилади. Моддий ёрдам миқдори: 🔵БҲМнинг 1,5 бараваригача. 🔵Фақат 3 ёшгача бўлган 1 нафар фарзанд учун тўланади. 🔵Эгизак болалар бўлса — ҳар бирига алоҳида моддий ёрдам берилади. Мурожаат қилиш учун: 💻“Инсон” марказларига; 💻Давлат хизматлари марказларига; 💻Ижтимоий ходим орқали ёки my.gov.uzплатформаси орқали; 💻“Ягона миллий ижтимоий ҳимоя” АТ (ЯМИҲ АТ) орқали онлайн ариза юбориш мумкин. ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 14 Apr
Хеч қандай тестларсиз тўғридан-тўғри ишга киришни истаганлар учун 38 мингта бўш иш ўринлари эълон қилинди! соҳалар бўйича: 🔝 саноат ва ишлаб чиқаришда - 13 мингта иш ўрни 🔝хизматлар сохасида - 10 мингта 🔝 таълим, маданият ва спорт сохасида - 5,7 мингта 🔝 соғлиқни сақлашда - 4 мингта 🔝қурилишда - 2,7 мингта 🔝молия ва иқтисодда - 1,8 мингта 🔝транспортда - 900 та 🔝 қишлоқ хўжалигида - 700 та 🔝савдо сохасида - 400 та хужжат топшири учун🔽 https://osonish.uz/vacancies ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 14 Apr
🇺🇿KAMBAG‘AL AHOLIGA KENG IMKONIYATLAR! 2025-yil 14 iyun | VM 365-son qaror 🟢ASOSIY IMTIYOZLAR: “Kambag‘allar reyestri”da turgandar uchun ✅ Manzilli ijtimoiy yordam ✅ 100 ga yaqin xizmat va imtiyozlar (bepul dorilar, kompensatsiyalar va h.k.) Farzandlar uchun ta’lim imtiyozlari ✅ Bog‘chaga qabulda ustuvorlik ✅ Maktabda uzaytirilgan guruhlar bepul ✅ Kam ta’minlangan talabalarga 2 baravar stipendiya ✅ Bolalarga bepul oromgohlar Foizsiz kredit va moddiy yordamlar ✅ 30 mln so‘mgacha biznes uchun foizsiz kredit ✅ Noutbuk, uskuna va boshqa ehtiyojlar uchun moliyaviy yordam ✅ Ijtimoiy xizmatlar: tibbiy, reabilitatsiya, uy sharoitida parvarish ✔️ Telegram kanalga a’zo bo’ling! 👉Ijtimoiy hodim
Diterbitake 13 Apr