TGINSIGHT CHAT
Migrant.uz - Vatandosh ROSSIYA
@migrantuzb
Politics🇷🇺Rossiyadagi vatandoshlar hayoti 🔹Migratsiya yangiliklari 🔹Qonunlarga sharhlar 🔹Foydali maqolalar 🔵 MAX - https://max.ru/migrantuz 🔴youtube.com/@migrantuzb 🔴Reklama: @migrantreklama Xabarlar uchun: @migrantxabar
Kiriman terkini
Kaca 1 saka 84 · 1,006 kiriman
Diterbitake 2 Mei
📇«Rossiyaga bormaymiz» To'liq video Migrant.uz Youtube, VK va Rutube kanallarida 📱Youtube - https://youtu.be/XCsO0iTbAy4 📱Vkontakte - https://vkvideo.ru/video-146921395_456241399 💙Rutube - https://rutube.ru/video/private/28d00c158162e0554ac6a60c9014f1c3/?p=RBfpn13iWNAL9QdogENfuA MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 2 Mei
⌛«Arzon chiptalar» hiylasi 💬 Arzon aviabilet qidirib, bor-budingizdan ayrilib qolishingiz mumkinligini bilarmidingiz? Firibgarlar ko‘pincha migrantlarning shoshilinch vaziyatidan va huquqiy bilimlarining kamligidan ustalik bilan foydalanishadi. Ular asosan Telegram guruhlarida o‘zlarini "sotuvchi" deb tanishtirib, "faqat bugun arzon" yoki "oxirgi bilet qoldi" degan psixologik bosim ostida sizni pul o‘tkazishga majburlashadi. ⚠️ Esda tuting, rasmiy chek bermasdan, pulni shaxsiy kartadan-kartaga o‘tkazishni talab qilish firibgarlikning aniq belgisidir. ✍️Himoyalanish qoidalari ❓O‘zingizni qanday himoya qilasiz? Birinchidan, biletlarni faqat aviakompaniyalarning rasmiy saytlari yoki lisenziyalangan agentliklardan oling. Ikkinchidan, shubhali arzon narxlarga uchmang! Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi. Uchinchidan, shaharlararo qatnash uchun shaxsiy haydovchilarga oldindan pul o‘tkazmang, yaxshisi narxi va haydovchisi aniq bo‘lgan rasmiy taksi agregatorlaridan foydalaning. ❓ Agar aldansangiz, nima qilish kerak? Agar firibgarlar tuzog‘iga tushgan bo‘lsangiz, vaqtni boy bermay 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki polisiyaga borib ariza yozing. Arizangiz qabul qilingach, albatta "talon" (tasdiqnoma) talab qiling. Hattoki, Rossiyada migratsiya hujjatlaringiz joyida bo‘lmasa ham, polisiya sizning firibgarlik haqidagi arizangizni qabul qilishga majbur. Agar politsiya yordam bermasa, yuqori rahbariyat yoki prokuraturaga murojaat qiling. Firibgarlar sizning jim yurishingizdan manfaatdor. Jim bo‘lmang, huquqingizni himoya qiling! MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 2 Mei
⏰ Rossiyada yurish vaqtimiz qisqargan! 🤔Savol: Endi Rossiyada patentsiz qancha vaqt qolish mumkin? ✅ Javob: 2025-yil 1-yanvardan boshlab "yiliga 90 kun" qoidasi amal qiladi. Bu shuni anglatadiki, bir kalendar yil davomida yaʼni, 1-yanvardan 31-dekabrgacha mamlakatda patentsiz jami faqat 90 kun yurish mumkin. Ilgari 6 oyda 90 kun yurish mumkin edi. ❓Qoidazbuzarlik uchun qanday jazo bor? ✍️ Misol uchun patentsiz 100 kun yursangiz — 3 yilga kirishga taqiq, 180 kundan ortiq yursangiz — 5 yilga va agar 270 kundan ortiq yursangiz — kirishni 10 yilga Rossiyaga kirishga taqiq qo‘yishadi. 💡 Muhim: “Zapret” olmaslik uchun har bir kunni hisoblang va patentsiz yurmang. 💳 O‘zbekistonga pul yuborish uchun esa Unired dan foydalaning!
Diterbitake 2 Mei
💵Pul o‘tkazish tizimlaridagi valyuta kurslari 02.05.2026 Toshkent 16:20 Moskva 14:20 💸AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI(KOMISSIYA BILAN HISOBLAGANDA) • Unired - 76.51 (0.00) rubl • Korona - 76.68 (0.00) rubl • Мир Привилегий - 77.12 (+1.00) rubl • Омнипэй - 77.21 (0.00) rubl • Sendy - 77.23 (0.00) rubl • Солидарность - 77.45 (0.00) rubl 💳O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI (KOMISSIYA BILAN HISOBLAGANDA) • Unired - 156.50 (0.00) so‘m • Sendy - 155.50 (0.00) so‘m • Мир Привилегий - 154.00 (-1.30) so‘m • Солидарность - 153.09 (0.00) so‘m • Pulsend - 152.01 (0.00) so‘m • Sberbank - 146.70 (0.00) so‘m 🇷🇺GA "ZAPRET" VA "DEPORT"NI TEKSHIRISH +7(965) 359-50-05 https://t.me/migrantuzb_admin MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 2 Mei
📇AQSHdan 26 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi 📊 1-may kuni AQSHdan immigratsiya qonunlarini buzgani uchun deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yana bir reys Toshkentga yetib keldi. Bortda 26 kishi bo‘lgan. ✈️ Reys Amerikaning Omni Air International aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Sayohat deyarli bir yarim kun – taxminan 36 soat davom etdi. Samolyot El-Pasodan uchib, Baltimor, Polsha, Moldova, Ruminiya va Armanistonda bir nechta to‘xtashlarni amalga oshirdi. 📝 O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qaytarish operatsiyasi O‘zbekiston va Amerika tomonlari hamkorligida tashkil etilgan. ✍️ Shunga o‘xshash reyslar muntazam ravishda amalga oshiriladi. Yanvar oyida AQSHdan 44 nafar, mart oyida esa 65 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. 🤔 Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolarni qaytarish bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik doimiy ravishda davom etmoqda. 💬 Hozir Qo‘shma Shtatlarda qonuniy maqomsiz yuzlab O‘zbekiston fuqarolari bor va ularning ba’zilari deportatsiya qilinishi mumkin. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 2 Mei
Diterbitake 1 Mei
📇 500 kishi «quvildi» To'liq video Migrant.uz Youtube, VK va Rutube kanallarida 📱Youtube - https://youtu.be/XCsO0iTbAy4 📱Vkontakte - https://vkvideo.ru/video-146921395_456241399 💙Rutube - https://rutube.ru/video/private/28d00c158162e0554ac6a60c9014f1c3/?p=RBfpn13iWNAL9QdogENfuA MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 1 Mei
✍️Tez boyish illyuziyasi "Kamroq mehnat qilib, ko‘proq pul topishni xohlaysizmi? Hech qanday xavf yo‘q, faqat pul tikasiz va foyda olasiz!” — bu gaplar sizga ham tanishmi? MUAMMO VA ILLYUZIYA Aslida, bu usti yaltiroq, ichi qaltiroq yolg‘on! Moliyaviy piramidalar iqtisodiy faoliyat emas, balki pulni bir cho‘ntakdan boshqasiga o‘tkazish sxemasidir. Sizga berilayotgan “foyda” sizdan keyin kelgan odamning puli!" 📝5 TA XAVFLI SIGNAL Xorijiy kompaniya: “Biz chet elnikimiz” deb ishonishingizni xohlashadi. Aql bovar qilmas foizlar: Banklar 20-24% bersa, bular 100% va’da qiladi. Mehnatsiz daromad: “Uyda o‘tirib boyib ketasiz” deyishadi. “Hech qanday bilim kerakmas”: Na ta’lim, na tajriba talab qilinadi. “Halol” niqobi: Ishonchingizga kirish uchun diniy yoki axloqiy so‘zlardan foydalanishadi. 📇 Eng alam qiladigani, piramida qulaganda nafaqat o‘z pulingizni, balki siz taklif qilgan yaqinlaringizning pulini ham yo‘qotasiz. Eslab qoling, O‘zbekistonda moliyaviy piramida tashkil qilish uchun jinoiy javobgarlik bor (JK: 188¹-modda. Pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) ⚠️ Agar aldanib qolgan bo‘lsangiz, darhol 102 raqamiga murojaat qiling! ❗️ Xulosa bitta: kimdir tez boyishi uchun boshqalar albatta yutqazishi kerak. Pulingizni va ishonchingizni asrang! MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 1 Mei
💬Gubernatorga hujum bo‘ldi(mi?) ✍️ Yekaterinburgda gubernatorning oldiga yugurib kelgan odam xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olindi. 📍Hodisa “Yekaterinburg Arena” yaqinida, bugun 1-may mitingidan oldin sodir bo‘ldi. Sverdlovsk viloyati gubernatori Denis Pasler shahar aholisi bilan suratga tushayotgan edi. O‘sha paytda bir kishi uning oldiga yugurib kelgan, ammo gubernator xavfsizlik xizmati uni kuch bilan to‘xtatib orqaga olib ketdi. Gubernator hodisaga e’tibor ham bermay yo‘lida davom etgan. Erkakning niyati nima bo‘lganligi noma’lum. OAV xabarlariga ko‘ra, u gubernatorga hujum qilishga uringan emish. "Erkak aniqlik kiritish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi. Hech kim jabrlanmadi", deb xabar bergan gubernatorning axborot bo‘limi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 1 Mei
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ MKBANKda yangi xalqaro tizim — BEST ishga tushdi! 🌎 BEST bu — yangi avlod xalqaro pul o‘tkazma tizimi: 👈 Yuqori tezlik va minimal komissiya 👈 Zamonaviy himoya texnologiyalari 👈 Qulay va oddiy jarayon! Endilikda, Siz yaqinlaringizga bir necha daqiqa ichida pul yuborish yoki qabul qilish imkoniga egasiz. ➡️ Eng yaqin bank bo'linmasiga borib, hoziroq sinab ko'ring! Dam olish kunlari ham ishlaymiz 🫡 ✅ Zamonaviy yechimlarni tanlang - MKBANK bilan bir qadam oldinda bo'ling! 🌐Veb-sayt | 👍MAVRID | 📱Instagram | 🌐Facebook | 🌐YouTube | ☎️Call-markaz #reklama
Hashtags
Diterbitake 1 Mei
💵Pul o‘tkazish tizimlaridagi valyuta kurslari 01.05.2026 Toshkent 16:20 Moskva 14:20 💸AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI(KOMISSIYA BILAN HISOBLAGANDA) • Мир Привилегий - 76.12 (-0.50) rubl • Unired - 76.51 (0.00) rubl • Korona - 76.68 (+0.14) rubl • Омнипэй - 77.21 (0.00) rubl • Sendy - 77.23 (+0.05) rubl • Солидарность - 77.45 (+0.05) rubl 💳O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI (KOMISSIYA BILAN HISOBLAGANDA) • Unired - 156.50 (0.00) so‘m • Sendy - 155.50 (-0.10) so‘m • Мир Привилегий - 155.30 (-0.70) so‘m • Солидарность - 153.09 (-0.16) so‘m • Pulsend - 152.01 (0.00) so‘m • Sberbank - 146.70 (-0.15) so‘m 🇷🇺GA "ZAPRET" VA "DEPORT"NI TEKSHIRISH +7(965) 359-50-05 https://t.me/migrantuzb_admin MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz
Diterbitake 1 Mei
🚨Migrantlarni dronlar qidirmoqda 📇 Surgutda migrantlarni tekshirish kuchaytirildi, endi ularni nafaqat yerda, balki havodan ham kuzatib borilmoqda. Politsiya reydlar davomida dronlardan foydalanmoqda. 📍 Tekshiruvlar migrantlar ko‘p boradigan joylarda: turar-joy binolari, qurilish maydonchalari, kafelar va ish joylarida o‘tkazilmoqda. ✍️ Reydlarda odatda politsiya, Milliy gvardiya va prokuratura ishtirok etadi. 📊 Ikki kun davomida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari 50 dan ortiq manzilni tekshirdi. Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jami 40 ta protokol tuzildi. ✍️ 13 kishi Rossiyadan chiqarib yuborilishga tayyorlanmoqda. 📝 Bundan tashqari, jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Bular ro‘yxatdan o‘tgan joyda yashamaslik bilan bog‘liq holatlar. Bunday uchta holat mavjud. ⌛ Shaharda tekshiruvlar davom etmoqda va davom etadi. MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz