TGINSIGHT CHAT
Talaba.uz | Rasmiy kanal |
@talabauz
EducationTalabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun👉@Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun:👉@NodirUz
Kiriman terkini
Kaca 1 saka 85 · 1,013 kiriman
Diterbitake 13 Mei
Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar qanday hujjat topshiradi? O'tgan yilgi qabuldan boshlab, ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham avval imtihon topshirib, keyin yo'nalish tanlash imkoniga ega bo'lsihgan. Bu turdagi abituriyentlarga ham ruxsatnomalar berish joriy qilingan edi. Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan: ➖yo‘nalish; ➖oliy ta’lim muassasasi nomi; ➖manzil; ➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Eslatib o'tamiz, qabul 5-iyundan boshlanishi kerak. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 13 Mei
"Nolish" so'zini lug'atdan o'chiring! 🎭 Odamlar sizni kuchli, ijobiy fikrlovchi va energiyaga boy shaxs deb bilishsin. ❗️Doim noliydigan, har narsada maydalashib yomonlik qidiradigan insonlar o'zidan boshqalarni nari ketishiga sabab bo'ladi va kamdan kam holda yutuqqa erishadilar. Ruhan kuchli bo'lsangiz, yo'lingizda uchragan hech bir qiyinchilik sizni orqaga qaytara olmaydi. Nima xohlashingizni tasavvur qiling va buni ro'yobga oshishiga qattiq ishoning va u albatta amalga oshadi. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 20 Apr
Talabalar qachon akademik ta’til olishi mumkin? 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 17 Apr
⚡️9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi. 🔹 9-sinf — majburiy fanlar: • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun • Matematika — 4-iyun • O'zbekiston tarixi — 8-iyun • Jismoniy tarbiya — 1–6-may 🔹 11-sinf — majburiy fanlar: • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun • Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun • O'zbekiston tarixi — 9-iyun 🔹 11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy): • Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo'lib o'tadi. O'quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15-iyunda o'tkaziladi. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 17 Apr
⚡️Hodim ishdan bo‘shatilganda 2 oylik o‘rtacha ish haqi saqlanadi ✅ Xodim quyidagi asoslar bo‘yicha ishdan bo‘shatilganda ish qidirish davrida 2 oygacha o‘rtacha oylik ish haqisaqlanib qolinadi: ▫️xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganda; ▫️xodim ish beruvchi bilan ishlash uchun boshqa joyga ko‘chishni rad etganda; ▫️xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘i ko‘taradigan boshqa ishga o‘tishni rad etgada yoki ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganda; ▫️xodimlar soni yoki shtatlar qisqarganda; ▫️tashkilot tugatilganda; ▫️xodim malakasi yetarli bo‘lmaganda; ▫️shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga tiklanganda; ▫️sudning tashkilotni tugatishga oid qarori kuchga kirganda. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 16 Apr
3ta cho'pni almashtirib eng kichik sonni hosil qiling. Javobni commentda qoldiring. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 14 Apr
⚡️Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar joriy qilinadi 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga berilmoqda. ❓Bu nima degani? Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi. Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga mutaxassislik fanidan imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi. Imtihon shaklini ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi. OTM rektorlari bundan korrupsiya yo'lida foydalanishmaydi deb umid qilamiz! 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 13 Apr
⚡️Tibbiyot yo’nalishida super-kontrakt bekor qilinmoqda Muhokamaga qo’yilgan qaror loyihasiga ko’ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt asosida o‘qishga kirish mumkin bo‘lmaydi. Shuningdek, tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balli70 foiz (132,3 ball) etib belgilanadi. Hozirda minimal o‘tish balli barcha yo‘nalishlar kabi 30 foizni (56,7 ball) tashkil etadi. Ya'ni tibbiyot oliygohiga kirishni maqsad qilgan abituriyent kontraktga “ilinish” uchun kamida 132,3 ball to‘plashi kerak bo‘ladi. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 13 Apr
⚡️Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda: 🔹 davlat oliygohining prorektorlarini (mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash; 🔹 oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish; 🔹 kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash; 🔹2027/2028-oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash; 🔹 oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash; 🔹 xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash; 🔹 chet el fuqarolari uchun kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish; 🔹 xalqaro reyting tashkilotlari bilan oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 13 Apr
⚡️Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistraturaga sertifikatiz qabul qilinadi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi. 🧾Davlat OTMning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan grant kvotalarining toʻlmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha iqtidorli chet el fuqarolariga grant (oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya) berishni nazarda tutuvchi “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi”dasturi amalga oshiriladi. 📝2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil belgilanadi. 🔅Shuningdek, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 10 Apr
⚡️Prezident va nomli davlat stipendiyalarini olish mezonlari hamda tartibi yangilandi. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi
Diterbitake 9 Apr
⚡️Bog‘cha va maktabpedagog xodimlarining oʻrtacha ish haqi 2 baravar oshiriladi Muhokama uchun e'lon qilingan Prezident Farmoni loyihasiga asosan pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida 2030-yilgacha: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 baravar oshirish (2026-da 0,4, 2027-da 0,8, 2028-da 1,2, 2028-da- 1,6 hamda 2030-da 2,0 barobarga); Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish orqali 500 ming nafar pedagog kadrlarni qamrab olish; Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda. 🎓Talaba.uz rasmiy kanali 👇 https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi