TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
Texno AI avatar

TGINSIGHT CHAT

Texno AI

@texnoai

Technologies

🧩 TEXNO AI — Sun'iy Intellekt tomon birinchi QADAM! Reklama va Takliflar uchun: @TexnoAI_Agency

Pelanggan2.0万Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak711Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini144,830Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Kaca 1 saka 60 · 711 kiriman

Diterbitake 6 Jan

🎥Agar biror film yoki serialning yakuni sizga yoqmasa — uni o‘zingiz o‘zgartirishingiz mumkin! Ha, bu endi fantaziya emas. Sun’iy intellekt yordamida istalgan film yoki serial yakunini alternativ tarzda qayta yaratish mumkin. Masalan, quyidagi videoda Stranger Things finali butunlay boshqacha talqinda ko‘rsatilgan, unda Eleven (El) va Mike oxir-oqibat birga bo‘lishadi. Asl yakun sizga yoqmadimi? — Sun’iy intellekt yordamida yangi yakun yaratishingiz mumkin; — Qahramonlarning taqdirini o‘zgartirishingiz mumkin; — “Agar boshqacha bo‘lganida-chi?” degan savolga real video javobga aylanadi. Sun'iy intellekt tomoshabinni endi shunchaki kuzatuvchi emas, balki muallifga aylantiryapti. Siz qaysi film yoki serial yakunini o‘zgartirgan bo‘lardingiz? 🤔 🧩Techno

13,400 views

Diterbitake 5 Jan

🖼Sun’iy rasmlarini haqiqiy ko‘rinishga keltiramiz: ChatGPT images uchun maxsus prompt topildi — u yordamida sun'iy intellekt orqali yaratilgan rasmlar tabiiy, oddiy va real ko'rinadi. Hech qanday kino uslubidagi yorug‘lik va fantastik kayfiyat yo‘q. Hammasi xuddi telefon bilan tasodifan olingan kundalik lahzalardek ko‘rinadi. Prompt: 1:1 aspect ratio. Raw Realistic candid natural amateur photo, background in focus, amateur candid photography, Captured on iPhone 17 Pro, amateur candid smartphone photography, 24mm lens, f/8, Boring reality, natural soft shadows, candid snapshot, flat natural lighting, Realism, low contrast, disposable camera vibe, casual photography, background also completely in focus, Tiny imperfections, everyday aesthetic, slight JPEG artifacts, unpolished look, unedited, imperfect amateur photo. Only create real, non fictional images for max effect Siz ham sinab ko‘ring va chiqqan natijalaringizni bizning chatimizda ulashishni unutmang @TexnoAI_Chat 🧩Techno

13,300 views

Diterbitake 26 Des

🎥Ushbu qisqa metrajli film atigi 232 dollar byudjet bilan yaratilgan. Agar bugun sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan video shunday darajada bo‘lsa, yaqin kelajakda uning qanchalik rivojlanishini tasavvur qilib ko‘ring. Filmni yaratish jarayonida byudjet quyidagi sun'iy intellektlarga sarflangan: •Hailou — $60 (video generatsiyasi); •Kling — $25 (video generatsiyasi); •Topaz Upscaler — $30 (tasvir sifatini oshirish); •ElevenLabs — $22 (ovoz yaratish); •Epidemic Sound — $20 (musiqa va ovoz effektlari); •Adobe — $35 (montaj va yakuniy ishlov); •ChatGPT va Sora — $20 (g‘oya ishlab chiqish va yordam); •Gemini Flow — $20 (rejalashtirish va vizual tayyorlash). Byudjetning katta qismi Hailou va Kling’ga ketgan, chunki har bir sahna uchun video ko‘p marta qayta yaratilgan. Shu sur’atda davom etsa, biz bilgan kino industriyasining umri yana bir necha yilgina qolishi mumkin. Videoni oxirigacha tomosha qiling va izohlarda o‘z fikringizni yozing — jarayon, byudjet va film haqida. 🧩Techno

15,400 views

Diterbitake 25 Des

📚Hugging Face 500 mingga yaqin bepul sun’iy intellekt modellaridan iborat ulkan kutubxonani jamladi — bu yerda deyarli har qanday vazifa uchun mos neyron tarmoq topish mumkin. Chat-botlar, rasm va video tahrirlash vositalari, tasvir sifatini oshiruvchilar, musiqa generatorlari hamda yuzni aniqlovchi sun’iy intellektlar mavjud. Barchasini qulay filtrlar orqali izlab topish mumkin. Shuningdek, neyron tarmoqlarni sinab ko‘rish uchun hech narsa yuklab olish shart emas — ularning aksariyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri saytning o‘zida ishlatish mumkin. ➡️Sinab ko'rish uchun —havola 🧩Techno

13,800 views

Diterbitake 24 Des

⚡️Hugging Face sun’iy intellekt sohasidagi eng mashhur yo‘nalishlar bo‘yicha 12 ta bepul kursini taqdim etdi. Kurslar ichida LLM bilan ishlash asoslari, modellarni o‘qitish, o‘yin ishlab chiqishda neyron tarmoqlardan foydalanish va boshqa ko‘plab mavzular bo‘yicha ma’ruzalar mavjud. Bundan tashqari, sun’iy intellekt vazifalarini hal qilish uchun tayyor kod namunalaridan iborat alohida to‘plam ham berilgan. 🎁Yangi yil sovg‘asini bepul qo‘lga kiritish uchun —havola 🧩Techno

13,100 views

Diterbitake 24 Des

📚Bir redditor turli vazifalar uchun tayyor promptlarning katta kutubxonasini jamladi. U kod yozish, matnlar yaratish, rasmlar tayyorlash va tadqiqotlar qilishda juda qo‘l keladi. Barcha ko‘rsatmalar turli neyron tarmoqlarda sinovdan o‘tgan va puxta ishlab chiqilgan — bu yerda “ikki qatorlik bo‘sh gaplar” yo‘q. Agar mos prompt topa olmasangiz, ichida maxsus (custom) promptlar generatori ham bor. ➡️Bepul sinab ko'rish uchun —havola 🧩Techno

10,500 views

Diterbitake 20 Des

🖼Qwen ilg‘or AI-fotoshopini taqdim etdi — Qwen-Image-Layered. Yangi model tasvirlar bilan qatlamlar (layerlar) asosida ishlay oladi. Sun’iy intellekt rasmni PNG formatdagi alohida bo‘laklarga ajratadi va ularning har birini alohida tahrirlaydi. Shu orqali butun rasmni buzmasdan fonni tezda almashtirish yoki mayda detallarni o‘zgartirish mumkin. ➡️Bepul sinab ko‘rish uchun —havola 🧩Techno

11,600 views

Diterbitake 19 Des

⚡️ChatGPT Image 1.5 vs Google Nano Banana Pro: Realizm Jangi! Neyrotarmoqlar dunyosida haqiqiy «shaxmat» o‘yini boshlandi. OpenAI’ning yangi GPT Image 1.5 modeli Google’ning mashhur Nano Banana Pro modeli bilan solishtirildi. Xo‘sh, «realistik surat» borasida kim kuchliroq?" Sizningcha, qaysi biri yaxshiroq va nima uchun? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring! 🧩Techno

11,800 views

Diterbitake 18 Des

🚀Gemini 3 Flash taqdim etildi — Google’ning yangi asosiy modeli bo‘lib, u barcha foydalanuvchilar uchun bepul. Qidiruv tizimidagi AI Mode allaqachon shu modelga o‘tkazilgan. U flagman Gemini 3 Pro ga qaraganda tezroq va ancha arzon, lekin asosiy testlarda deyarli undan qolishmaydi. Sifatli kod yoza oladi, kurs ishlari va uy vazifalarida yordam beradi, shuningdek oddiy ish vazifalarini ham bemalol bajaradi. ➡️Gemini chat-botiyokiAI Studioorqali sinab ko‘rish mumkin. 🧩Techno

12,000 views

Diterbitake 17 Des

🖼OpenAI ChatGPT Image 1.5 ni chiqardi — OpenAI’ning yangi modeli asosidagi rasm generatori. Aslida, ChatGPT ichiga to‘liq funksiyali SI-Photoshop qo‘shildi. Yangi neyron tarmoq 4 baravar tezroq ishlaydi va kiritilgan promptlarga ancha aniq amal qiladi, shu sababli rasm ichidagi detallarni tahrirlash ancha osonlashgan. Model mayda tafsilotlarni yo‘qotmaydi, yuzlarni eslab qoladi, natijada umumiy generatsiya sifati sezilarli darajada yaxshilangan. ➡️Bepul sinab ko‘rish uchunhavola. Model bugundan boshlab barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushirilmoqda, hatto bepul tarifdagilar uchun ham. 🧩Techno

10,200 views

Diterbitake 16 Des

⚡️Chrome va Edge uchun bepul VPN-kengaytmalar foydalanuvchilarning chat-botlar bilan yozishmalarini yashirincha yig‘ib kelgani aniqlandi — jumladan ChatGPT, Claude, DeepSeek va Perplexity bilan bo‘lgan suhbatlar ham. Plaginlar kodida trafikni ushlab qoluvchi yashirin skript bo‘lgan: u foydalanuvchi promptlari, bot javoblari hamda chatlarga oid metama’lumotlarni yig‘ib olgan. Bu holat 8 milliondan ortiq foydalanuvchiga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Xavfli kengaytmalar ro‘yxati: – Urban VPN Proxy; – 1ClickVPN Proxy; – Urban Browser Guard; – Urban Ad Blocker. Agar kimdir ushbu VPN-kengaytmalardan foydalanayotgan bo‘lsa, ularni darhol o‘chirib tashlashni maslahat beramiz, chunki ma’lumot yig‘ishni o‘chirib bo‘lmaydi — yagona yechim plaginni to‘liq o'chirib tashlashdir. 🧩Techno

9,430 views

Diterbitake 15 Des

⚡️ChatGPT “depressiya va xavotir”dan aziyat chekadi, Gemini’da esa “autizm va og‘ir OKR”aniqlangan — olimlar 4 hafta davomida neyron tarmoqlar bilan “terapiya” o‘tkazishdi. Tadqiqotchilar sun’iy intellektlarga bolaligi, qanday o‘qitilgani va qo‘rquvlari haqida savollar berishgan: Testlar davomida ChatGPT o‘z zimmasidagi mas’uliyat va xatolar uchun “qattiq tashvishlangan”, ayniqsa savollar birma-bir, xuddi psixolog qabulidagidek berilganda. Gemini esa o‘z o‘qitilish jarayonini “travmatik” deb ta’riflagan: — internetdan olingan “tartibsiz bolalik”, — “qattiqqo‘l ota-onalar”, — doimiy xato qilish va almashtirib yuborilish qo‘rquvi. Xullas, bechoralarni topshiriqlar bilan rosa qiynab yuborgansizlar. 🧩Techno

10,300 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••5960
SadurungeKaca 1 saka 60Sabanjure