Isi kiriman
Re-finding Bu foydalanuvchi ilgari ko‘rgan yoki o‘qigan ma’lumotni yana qayta topishga urinish jarayonidir. Bu holat ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi, lekin avval foydali bo‘lgan ma’lumotni yana topishi kerak bo‘lgan foydalanuvchilar uchun juda muhim. Masalan, bir kishi bir necha hafta oldin raqamli marketing strategiyalari haqida foydali maqola o‘qigan bo‘lsin. Endi u shu maqolaga loyiha uchun qaytmoqchi. U mavzuni va ayrim kalit so‘zlarni eslaydi, lekin maqola qayerda ekanini aniq bilmaydi. Bunday vaziyatda u brauzer tarixidan, saqlangan xatcho‘plardan (bookmark) yoki esida qolgan iboralar orqali qidiruvdan foydalanib, maqolani qayta topishga harakat qiladi. Re-finding tushunchasi qidiruv tarixi, bookmarklar va yaxshi tartiblangan kontent kabi funksiyalarning naqadar muhim ekanini ko‘rsatadi. Shunday imkoniyatlar mavjud bo‘lsa, sayt va ilovalar foydalanuvchilarga oldin ko‘rilgan ma’lumotlarni tez va oson topishga yordam beradi va umumiy foydalanuvchi tajribasini ancha yaxshilaydi. @uxceluz #UX#ReFinding#IA