Isi kiriman
Obyektlar prinsipi Har qanday sayt yoki ilovada ma’lumotlar ko‘p bo‘ladi. Agar ularni tartibsiz joylashtirsak, foydalanuvchi adashadi va kerakli narsani topa olmaydi. Shuning uchun dizaynda ma’lumotlarni mantiqiy tartibga solish juda muhim. Obyektlar prinsipi — ma’lumotlarni bir-biriga o‘xshash bo‘lgan guruhlarga ajratib joylashtirish degani. Xuddi uyda: kitoblar — bitta javonda, kiyimlar — bitta shkafda, hujjatlar — bitta papkada turgani kabi. Masalan, kutubxona sayti bo‘lsa: Kitoblar — alohida bo‘lim Mualliflar — alohida bo‘lim Janrlar — alohida bo‘lim Har bir bo‘limda faqat o‘sha narsaga tegishli ma’lumot bo‘ladi. Masalan, kitobda — nomi va muallifi, muallifda — u haqida ma’lumot va yozgan kitoblari. Shu sababli foydalanuvchi saytni oson tushunadi, tez harakatlanadi va kerakli ma’lumotni tez topadi. @uxceluz #UX#prinsiplar