პოსტის შინაარსი
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, 100 dan 96.5 ball to‘plab final bosqichiga chiqdi. “TEKNOFEST 2024” tanlovining final bosqichi 2024-yil 5-8 sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib unversitetimizning iqtidorli talabalari Kompyuter injinering fakulteti talabasi Xamidjonov Zuhriddin Xusniddin o‘g‘li va television texnologiyalar fakulteti talabasi Vahhobov Sardor Akbar o‘g‘li hamda “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasi (PhD) tayanch doktorantura talabasi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o‘g‘li final bosqichiga qatnashish uchun Antaliya shahriga jo‘nab ketishdi. Universitetimiz nomidan TATU talabalariga “TEKNOFEST 2024” tanlovining final bosqichida muvofaqqiyat tilaymiz! _____________________________ 🌐Telegram🌐Instagram 🌐YouTube🌐linkedin