TGINSIGHT CHAT
Аке билан футбол
@natan_ake2026
SportFutbol olamidagi shahsiy fikrlar va Futbolga boshqa rakursdan qarashlar.
Соңғы хабарлар
1/51 бет · 607 хабар
Жарияланды 22 күн бұрын
Энтони Гордон Барселонага ўтмоқда! Фабрицио Романонинг хабар беришича, инглиз клуби раҳбарияти ва саудиялик хўжайинлар каталонияликларнинг расмий таклифини қабул қилишган. Барселона Гордон учун 70 миллион евро ва бонуслар тўлайди, умумий сумма эса 80 миллион…
Жарияланды 23 күн бұрын
“Krestal Pelase” start tarkibining umumiy bahosi 326 mln yevro. Umumiy jamoa transfer qiymati esa 500 mln yevrodan oshadi. Bu raqamlar haqiqiy top-klublar tarkibiga mos keladigan daraja hisoblanadi. Tarkibda milliy terma jamoa futbolchilari ham bor: Jeferson Lerma 🇨🇴 va Munoz 🇨🇴 — Kolumbiya termasi. Richards 🇺🇸 — AQSH termasi futbolchisi. Lakroks 🇫🇷 hamda Mateta 🇫🇷 — Fransiya termasi qaydnomasiga kira olgan futbolchilar. Kamada 🇯🇵 — Yaponiya termasi a’zosi. Pino 🇪🇸 — Ispaniya termasi qaydnomasiga kirgan va doimiy chaqiruv oladigan futbolchi. Undan tashqari, potensiali top darajaga chiqayotgan Ingliz futbolchilari — Adam Wharton , Hughes 🏴, chap lateral Mitchell 🏴 hamda Nketia 🏴 kabi progressdagi o‘yinchilar mavjud. Oliver Glasner esa toza kubok murabbiyi. U sobiq klubi “Ayntraxt”da ham, “Krestal Pelase”da ham buni kubok sovrinlari orqali isbotlamoqda. “Pelase” hozir APLni 15-o‘rinda yakunladi. Glasner hali o‘zi orzu qilgan ambitsiyali top-klubni boshqara oladigan va bu talablarni o‘z falsafasiga transformatsiya qila oladigan murabbiy ekanini isbotlay olmadi. Balki keyin ham qila olmas. Zero, top-klublarda asosiy mezon — uzoq sikl davom etadigan ligalarda pozitsion futbol elementlarini joriy qilgan holda natija ko‘rsatish hisoblanadi. To‘pni raqibga berib, ikkinchi raqamda o‘ynash orqali bittalik kubok formatidagi o‘yinlarda natija qilish mumkin. Lekin stabilik talab qilinadigan chempionat bahslarida bunaqa 2- raqam ostida 2-qavatga suyangan futbol bilan katta natija qilib bo‘lmaydi, janob Glasner. Glasner haqida alohida tanqidiy post joylayman yaqinda.
Жарияланды 23 күн бұрын
Tatal futbol uslubi vatani bo‘lgan Gollandiya tarkibi Himoya chizig‘i eng kuchli pozitsiya desa bo‘ladi. Markaziy himoyada van bilan boshlanadigan trio — Virjil van Deyk, Van Hekke va Van de Ven bor. Himoyaning o‘ng qanotida ko‘pchilik Jeremie Frimpongni kutayotgandi, lekin Ronald Kuman Brayton himoyachisi Mats Vieffer variantini tanladi. Bundan tashqari, ayniqsa 3 talik himoyada lateral rolida tajribali Denzel Dumfres juda foydali. Katta ehtimol bu qanotta Timber asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanadi. Chapqanotda Natan Ake asosiy tanlov bo‘lsa, zaxirada Chelsea himoyachisi iste’dodli Hato bor. Tayanch zonasi ham juda raqobatli. Kuman katta ehtimol bilan 3-4-3 sxemasidan foydalanadi. Markazda esa bir xil darajadagi futbolchilar yig‘ilib qolgan. Frenkie de Yong, Marten de Roon, Kopmeiners, Gravenberx va Tijjani Reynders kabi top darajadagi yarim himoyachilar yig'ilib qolgan. Vinger pozitsiyasi ham yuqori darajada. O‘ng qanotda qishki transfer oynasining eng sifatli o'yinchisi Donyell Malen juda kuchli mavsum o‘tkazdi deyishimiz mumkin. Yarim mavsumda "A seriya"da 14 ta gol urib eng yaxshi bambardirdan 3 ta kam gol bilan 2- chi eng yaxshi to'purar bo'ldi. Bundan tashqari, Vest Hem o‘yinchisi Summerville bor. Chap qanotning asosiy o‘yinchisi esa albatta Gakpo. Raqobatda esa top darajadagi Galatasaray futbolchisi Noa Lang bor. Markaziy hujum esa gollandlarning eng zaif nuqtasi desa bo‘ladi. Bir vaqtlar Robin van Persie kabi top hujumchilarni yetkazib bergan golland futbolida hozir bu pozitsiyada avvalgidek top straykerlar chiqmayapti. Lekin, Braziliya chempionatida to'p surayotgan Depay ham termada katta tajribaga ega strayker hisoblanadi. Zaxiradan tushadigan 2- qavat qiroli Veghorst esa o‘yinni uzgartira oladigan tajribali o'yinchi. Bundan tashqari, Sanderlend hujumchisi Brain Brobbey ham bor. O‘tgan mundialda Gollandiya amaldagi g'oliblar Argentinaga qarshi chorak finalda ekstra-taymgacha jang bergan. Hozirgi tarkib bilan ham AQSHda kamida yarim final uchun bemalol da’vogar bo‘la oladi.
Жарияланды 23 күн бұрын
1-rasmda so‘nggi 34 yil ichida APL chempionligini qo‘lga kiritgan jamoalarning mavsum davomida standart vaziyatlardan urilgan gollar foizi (qizil rangda) hamda o‘yindan urilgan umumiy gollar foizi keltirilgan. Ko‘rib turganingizdek, “Arsenal” har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham eng past foizlardan biriga ega. Ya’ni, ular o‘yindan urilgan gollar foizi bo‘yicha so‘nggi 34 yildagi chempionlar orasida eng past natijalardan birini qayd etmoqda, standart vaziyatlarga suyanib urilgan gollar ulushi esa eng yuqori baholanayotgan ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib turibdi. 2-rasmga ko‘ra esa, “Arsenal” asr boshidan buyon APL’da eng kam ochko bilan chempion bo‘lgan so‘nggi 26 chempion orasidagi 5 ta jamoa safiga qo‘shilmoqda. Biroq tarixiy va uzoq yillik statistika bilan solishtirishda hozirgi futbolning yildan yilga o‘zgarib borayotgan zamonaviy talablari, rivojlanish bosqichlari va umumiy tendensiyalarini ham hisobga olish zarur. Aks holda, bunday statistik taqqoslashlar noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Hozirgi APL’da o‘rtamiyona klublar, hattoki autsayder jamoalar murabbiylari ham nafaqat himoyalanishni, balki pozitsion hujumni ham yuqori darajada tashkil qila olishmoqda. Buning uchun ularda yetarlicha sifatli resurs va futbolchilar mavjud. Shu sababli APL’da o‘rta darajadagi jamoalarning top-klublardan ochko olishi oddiy holga aylanib bormoqda. Ligada urf bo‘layotgan yangi trend va taktik yo‘nalishlarga moslashmagan murabbiy uchun natija olish tobora qiyinlashmoqda. Hatto “daho” deb ta’riflanadigan Pep ham yoki Yevropada hukmronlik qilayotgan Luis Enrike ham kerakli pallada pragmatik futbol elementlarini o‘z uslubiga qo‘shishga majbur bo‘lyapti va bundan uyalmayapti. Chunki zamonaviy futbolda natija uchun moslashuvchanlik asosiy talabga aylanib ulgurdi. Yakunda esa futbolda doim natija esda qoladi. “Arsenal”ning joriy mavsumdagi yakuniy natijasi esa baribir APL chempionligi bilan tarixda qoladi.
Жарияланды 23 күн бұрын
Yuqorida Yakunlangan mavsum top-5 liga g‘oliblarining chempionlik orqali oladigan umumiy sovrin pullari haqida ma’lumot keltirilgan. 🏴APL sovrin jamga'rmasi eng yaqin keladigan ligadan ham qariyb ikki yarim barobar ko‘proq daromad beradi chempion jamoaga. Albatta, liga darajasidan kelib chiqib qarasak, bunga loyiq desa bo‘ladi. Yana bir qiziq fakt — APLda eng oxirgi o‘rinni olgan “Byornley” klubi ham La Liga g‘olibidan ko‘proq, aniqrog‘i taxminan 60 million yevroga ega chiqadi. Bu ham APL va La Ligani solishtirishdagi eng muhim farqlardan biri. 🇩🇪Bundesliga esa top-5 ligalar ichida bu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda turibdi. Germaniyada klublarni xususiy investorlarga sotish tizimi hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani sabab futbol ancha toza, nemischa tartib va siyosat asosida qurilgan. Yevropada esa Bavariya mamlakat futbolining asosiy bayroqdori sifatida imijni saqlab turibdi. 🇮🇹"A Seriya"da ham sovrin jamg‘armasi qolgan sheriklari — "Liga 1" va "La Liga"ga qaraganda ancha yaxshiroq. Lekin hozirgi Italiya futboli tezroq tarkibiy islohotlarga, katta tozalash va yangilanishga muhtoj. Bir qarashda hammasi joyidadek, ammo sekin-asta cho‘kib borayotgandek taassurot qoldirmoqda. 🇪🇦"La Liga"da esa Barselona va Real Madrid uchun alohida jamg‘arma qilinsa ham bo‘lardi. Chunki hozirgi moliyaviy tomonlama eng ojiz liga darajasini stabil ushlab turgan asosiy kuch aynan shu ikki klub. Eng achinarlisi, chempion jamoa o‘sha 58 million yevroni ham besh yil davomida bo‘lib-bo‘lib oladi. Shunchaki dahshat. 🇨🇵"Liga 1" , xususan Fransiya klublari miqyosidagi imijni PSJ aniqrog‘i arab investorlari ushlab turibdi. Lekin Fransiya futbolining Yevropadagi hukmronligini to‘liq Qatar investorlari sababli deb ayta olmaymiz. Chunki yulduzli tarkib bilan ham avval bu darajaga chiqib bo‘lmasligini ko‘rishgandi. Hozirgi hukmronlikning asosiy sababchilaridan biri esa ispan murabbiyi Luis Enrike yaratgan mexanizm sababli deyolamiz..
Жарияланды 23 күн бұрын
Qizil Furiya qaydnomasi haqida. De la Fuente qaydnoma yig‘ishdagi asosiy prinsipiga asosan tarkib tanladi, deyishimiz mumkin. Ya’ni nomga yoki ulkan tajribaga suyanish emas, balki yaxshi sport formada bo‘lgan futbolchilarni, xoh u yosh bo‘lsin, xoh termadagi tajribasi kam bo‘lsin, riskli bo‘lsa ham ushbu strategiyadan borish. Himoya chizig'i: Din Hausen hozirgi zamonaviy talabga mos kela oladigan himoyachi, to‘g‘ri. Lekin mavsumni to‘liq stabil bir xil darajada o‘tkaza oldi, deya olmaymiz. Shu uchun “Barselona” himoyachisi Erik Garsiya hamda “Atletik Bilbao”da bir xil tempda yaxshi mavsum o‘tkazgan va termada tajribasi bo‘lgan Lyaport varianti tanlandi. Yoki Simeone jamoasida asosiy himoyachi darajasiga yetgan Pubil tanlandi Moskera o‘rniga. Chap himoya asosiy bosh og‘riq edi Ispaniyada. De la Fuente yana o‘zining ishongan yigitlari Grimaldo va Kukurelya variantiga to‘xtaldi. Balde va Kareras qolib ketdi. O‘nghimoyada pay uzilishi jarohatidan so‘ng sport formasi va o‘yinida sezilarli pasayish bo‘lgan Karvahalning tajribasiga suyanilmadi. Shu qanotdagi mavsumni to‘liq stabil o‘tkazgan, tayyor, sifatli universal himoyachi Lyorente tanlandi. Tayanch zonada savollar yo‘q, lekin Pedri, Rodri, Zubimendi, Fabian Ruis — shulardan 2 tasi tushib qolishi kerak. 3 talik tayanchga ixtisoslashgan yarim himoya tanlanmasa kerak, chunki Fuente sxemasida pleymeyker pozitsiyali o‘yin quriladi. Bo‘lib ham bu pozitsiyada kuchli raqobat bor. Pleymeyker zonasida Olmo, har qanday pozitsiyada — tayanchda ham, qanotda ham o‘ynay oladigan, lekin asosiy pozitsiyasi hujum orti bo‘lgan Gavi hamda katta jarohatdan qaytgan Mikel Merino. Shuningdek, “Kristal Pelas” futbolchisi Pino hamda “Atletiko” o‘yinchisi Baenaning ham ish pozitsiyasi aynan pleymeyker zonasi hisoblanadi. Vingerlar: Niko Uilyams xarakteridan kelib chiqsak, unga o‘sha talantini uyg‘unlashtirgan holda kerak bo‘lgan bir xil darajadagi stabillik yetishmaydi. Do‘sti Yamaldan farqli ravishda o‘ziga komfort hudud yaratib olgan Niko mana shunaqa mavsumning kerakli pallalarida eng kuchli versiyasini ko‘rsata oladi Yamal bilan sheriklikda. Yakunlangan mavsumda super mavsum o‘tkazgan, Ronaldinyo driblingini yoqib oladigan Viktor Munoz ham zahiradan kuchaytira oladigan hamda mundial kashfiyotlaridan biri bo‘la oladigan o'yinchi. Shuningdek, Baena hamda Pinoni ham zahiradan o'yinga qo'shilib maksimal balansni ta’minlashda kerakli bo‘lgan sifatli o‘yinchilar hisoblanadi. Markaziy hujum: Ko‘pchilik Gonsalo Garsiyani kutgandi. Lekin De la tajribali Borxa Iglesiasni tanladi. Termada "topoviy straykerlarga" xos sifatlarni yoqib oladigan Mikel Oyarzabal boshchiligida. De la Fuente o‘z g‘oyalarini sindirgan va yulduzli jamoani yaxlit mexanizm shakliga keltira olgani e’tiboridan mundial g'olibligida asosiy da’vogarlardan biri.
Жарияланды 24 күн бұрын
Yuqoridagi kartinada top ligalarda bir mavsum davomida klub va terma jamoa safida urilgan gollar bo‘yicha tarixiy natijalar aks etgan. Harry Keyn joriy mavsumni fenomenal tarzda o‘tkazmoqda. Kubokdagi navbatdagi het-trikidan so‘ng u mavsumdagi gollari sonini…
Жарияланды 24 күн бұрын
Yuqoridagi kartinada top ligalarda bir mavsum davomida klub va terma jamoa safida urilgan gollar bo‘yicha tarixiy natijalar aks etgan. Harry Keyn joriy mavsumni fenomenal tarzda o‘tkazmoqda. Kubokdagi navbatdagi het-trikidan so‘ng u mavsumdagi gollari sonini 66 taga yetkazdi va bu orqali Krishtiano Ronaldu natijasiga tenglashib, tarixiy reytingda 4-o‘ringa ko‘tarildi. Endi oldinda Amerikada bo‘lib o‘tadigan mundial bor. Minimal holatda — Angliya guruhdan chiqolmay qolsa ham (bu esa deyarli noreal ssenariy) — Keynda kamida 3 ta o‘yin bo‘ladi. Agar Angliya yarim finalgacha yetib borsa, u holda maksimal 7 ta uchrashuv o‘tkazadi. Atigi 7 ta gol orqali Gerd Myullerning afsonaviy rekordini yangilash imkoniyati mavjud. Mutloq rekord Futbol tarixidagi ikki buyuk GOATdan biriga tegishli. Bu aql bovar qilmas rekord hali uzoq yillar yangilanmasa kerak.
Жарияланды 24 күн бұрын
APLda yakunlangan mavsumning eng yaxshi assistentlari. 🇬🇧Jamoaga sodiqlikni Bruno Fernandesdan o‘rgan, maqsad sari oxirigacha intilishni Brunodan o‘rgan, talentni tinimsiz mashg‘ulot yordamida uyg‘unlashtirishni Brunodan o‘rgan. Yuqoridagi talablarni to‘liq bajarish natijasida olinadigan meva xuddi Brunoning yakunlangan mavsumdagisiga o‘xshash bo‘ladi. 🇬🇧Rayan Cherki bir jihat bo‘yicha Brunodan assistlar borasida ustun keldi. Ya’ni o‘yindan yaratilgan assistlar bo‘yicha Cherkida barcha 12 ta assist to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yin jarayonidan yuzaga kelgan. Brunoda esa o‘yin davomida yaratilgan assistlar soni 11 ta. Mavsum boshida butun ekspertlar va muxlislar hayron qolishgandi. Axir Cherkidek individualistik, erkin artist futbolchilar Pep futboliga mos kelmaydiku. Lekin ana u sochi yo‘q daho buning ham yo‘lini topdi. Qoyil. 🇬🇧APLdagi eng stabil, bir xil darajani saqlab kelayotgan futbolchilardan biri — Jarrod Bowen. Unga bir qator top klublar qiziqish bildirib kelgan. Lekin Jerroud xuddi Niko Vilyams kabi top klubni emas, o‘rtamiyona va bosimsiz klubda o‘ziga komfort hudud yaratib oldi. Lekin Jerroudni Nikodan ajratib turadigan muhim jihat bor — stabillik. 🇬🇧Ha, siz ham hayron qoldingiz. Lekin adashmadik. Keyingi o‘rinda 8 ta assist bilan Erling Haaland. Klassik straykerlikdan asta-sekin chekinayotgan Holand. Albatta, yana bir bor ana u sochi yo‘q dahoga layk bosib qo‘ysak bo‘ladi. 🇬🇧Familyasi mashhur shampun brendini eslatadigan James Garner uchun ham yakunlangan mavsum Elliot Anderson va Adam Vorton kabi darajaga ega yarim himoyachi ekanligini ko‘rsatgan mavsum bo‘ldi. Yana bir mavsum shu darajani saqlab qolsa, top klublar uchun o‘ziga katta koridor ochadi. 🇬🇧"Fulhem"ning katta ehtimol bilan yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan yana bir iste’dod — Harry Vilson. 🇬🇧Dominik Soboslaining natijalari qadrliroq. Chunki Soboslai yakunlangan mavsumda o‘zining ishchi pozitsiyasidan chiqib, hatto markaziy himoyagacha o‘ynab berdi, kemtik zonalarni yopib keldi. J-jangchi. 🇬🇧Mohamed Salah "Liverpul"dagi eng o‘rtachadan pastga sho‘ng‘ish darajasidagi mavsumini o‘tkazdi, deyolamiz. Lekin natijalarda ham, o‘yin bo‘yicha ham butunlay uchib qolmadi. Buyuk xizmatlari uchun sovrin berish kerak misrlik gladiatorga. Enfild seni unutmaydi. 🇬🇧 Jek Grelish futbolda faqat talantning o‘zi bilan stabillikka erishib bo‘lmasligini yana bir bor ko‘rsatdi. Har kungi mashg‘ulotlar bilan talantni sayqallab turish kerak. Qachonki Grelish buni to‘liq tushunib yetsa, biz "prime stabil ultra Grealishni" ko‘ramiz. Ungacha esa faqat ayrim oylarda. 🇬🇧Martin Odegaardga pozitsiya bo‘yicha bu mavsum haqiqiy raqobatchi paydo bo‘ldi. Jarohatlar ham qiynab turdi Martinni. Mikel Arteta jamoasidagi jamoaviylikka qurilgan tizimni hisobga olsak, menimcha, yaxshi natija. Leandro Trossard esa o‘z darajasida to‘liq e’tirof etilmaydigan kuchli universal vinger hisoblanadi. Bu mavsum assistlar ro‘yxati liga rekordi zabt etilgani bilan ham alohida eslanadi. To‘liq to‘xtalib o‘tishga arziydigan ro‘yxat va mavsum.)
Жарияланды 25 күн бұрын
APL yakuni bo‘yicha to‘purarlar ro‘yxati To‘purarlar: 🇬🇧Erling Haaland APLdagi 4-mavsumidagi faoliyatida 3-marotaba to‘purar bo‘lmoqda. Mahluq bu safar ham realizatsiyada ancha yaxshi bo'lgan "yakunlovchi vinger modeliga" mansub futbolchi Semenyo kelganiga qaramay, bombardirlik sifatlarini saqlab qoldi. 🇬🇧 Igor Tiago bu mavsum APLning haqiqiy kashfiyot futbolchisi bo‘ldi, deyish mumkin. Oxirigacha progress ko‘rsatgan Igor hatto Karlo Anchelottining uzun ro‘yxatiga ham o‘z ismini yozdira oldi. 🇬🇧 Semenyoga ham qoyil qolish kerak. Birinchi davrada Andoni Iraola jamoasining asosiy yakunlovchi o‘yinchisi bo‘lgan Semenyo, Pep jamoasida ham yo‘qolib qolmadi. Bu yerda Pepga alohida rahmat aytish va qoyil qolish kerak bo‘ladi. Pep Semenyo va Haalandning yuqori realizatsiyasidan kelib chiqib, 4-4-2 sxema bo‘yicha teng hududlar taqdim etgan edi ularga. 🇬🇧Ollie Votkins APLning eng stabil futbolchilaridan biri sifatida yana yuqori o‘rinlarda. U yillar davomida bir xil darajani saqlab kelayotgan kam sonli futbolchilardan biri. Garet Sautgeyt ham, Tomas Tuxel ham Uotkinsning boy tajribasidan kelib chiqib, uni doimiy ravishda qaydnomaga chaqirib keladi. 🇬🇧João Pedro esa APLda braziliyalik futbolchilar orasida bir mavsumda urilgan gollar bo‘yicha Tiagodan keyingi ikkinchi eng yaxshi natijani qayd etdi. U Gabriel Jesusga yetib oldi. Menimcha, Anchelottining uni chaqirmaganiga sabab Neymar emas, aynan Tiago bilan bo‘lgan raqobat bo‘ldi. 🇬🇧Morgan-Gibbs-Uaytning o'rniga go'yoki Madueke chaqirilgani tanqid qilinmoqda. Lekin bu yerda uning pazitsasi bilan bo'liq. Tuxel uchun termada pazitsa bo'yicha tanlovda haqiqiy bosh og'riq pleymeyker pazitsasi. Gibbs-Uaytning ishchi pazitsasi pleymeyker pazitsasi. Bu raqobatta Palmer va Fodenni tushib qolgani yorqin misol. 🇬🇧Uzining "2-prime davrini" utkazgan Kalvert lyuin uchun ham yakunlangan mavsum faoliyatidagi eng zo'rlaridan bo'ldi deyolamiz. 🇬🇧"Arsenal"da Arteta yaratagan mexanizm indivudiallikka suyangan holda ishlamaydi. Jamoada aynan hujumlarda yakunlovchi rol berilmagan Arteta falsafasida. Lekin moslashuvchan Arteta jamoa uchun kerak bolgan resursni uz futboliga transfarmatsiya qilishga majbur bo'ldi. Gyokeresh 14 ta Aplda gol urgani yuqoridagi teorimadan kelib chiqsak super debyut deyolamiz. 🇬🇧Junior Kroupi shu yozda ambitsali klublar ichida talash bo'lishi aniq. 🇬🇧Denniy Uelbekham 2- yoshligi utkazdi bu mavsum Braytonda. 🇬🇧Mateta qishdagi transfer oynasida ohirgi soniyalarda Milanga transferi barbod bo'lgandi. Yozda katta ehtimol "A seriya"ga parvoz qiladi. 🇬🇧Ekiteki uchun mavsum boshi yaxshi o'tkandi. Keyinchalik mavsum so'nggi qismida sport formadagi pasayish va katta jarohat mavsumni o'rtacha yakunlashga sababchi bo'ldi. 🇬🇧 Mbeumo maydondagi pazitsasidan kelib chiqib Aplda 11 ta gol urishi mavsumni o'rtachadan zo'r utkazdi deyishimizga asos bo'ladi. Amorim davrida 3,4,3 sxema bo'yicha qanotga, Kerrik davrida esa ko'p hollarda markazga "aldamchi 9" roliga joylashtrildi. Ha Aplda har bir futbolchiga alohida to'htalib o'tmasa bo'lmaydi. Post esa yana uzun shaklda namoyon bo'lmoqda. Ha endi liga darajasiyam majbur qiladida.!)
Жарияланды 25 күн бұрын
Kechagi ssenariylar amalga oshmadi va Bornmut YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. 🇬🇧 Unai Emery o‘tgan yilgi yakuniy turdagi omadsizlik va yakunda YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani aybini bu safar yo‘llanma plus 30 yillik tanaffusdan keyingi sovrin bilan yuvmoqda. Emery ham Simeone toifasidan — o‘zi uchun bosimsiz muhit shakllantirib olsa, kerakli natijani bera oladi. Menimcha, 🇬🇧 Arne Slot shuncha muammolar fonida jamoani uchirib qo‘ymagani uchun ham rahbariyat uni qoldirishga qaror qilgan. Misol uchun, Chelsea kabi inqiroz yo‘liga tushib qolmadi-da. 🇬🇧Andoni Iraolaga esa shunchaki respekt. Shlyapamizni yechsak arziydi. Yozda himoya chizig‘i vakillari — Hausen, Kerkez, qishda esa Semenyodan ayrilib ham o‘rniga yangi Semenyo (Rayan), yangi Hausen (Aleks Ximenes), yangi Kerkez (Truffert) yasab, kutilganidan zo‘r natija qila oldi. Muhimi, endi top-klub murabbiyligiga tayyorligini amalda isbotladi. 🇬🇧Sanderlend jamoasiga ham qoyil. Hech kim taxmin qilmaganda Yevrokubok yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Har holda, Championship’dan chiqqan jamoalarning vazifasi odatda APL’da qolish bo‘ladi-da. Sanderlend va Hurzelerning 🇬🇧Brayton’i Yevropa ligasi hamda Kanfrensiyalar ligasida qatnashishi uchun 🇬🇧Krestal Pelase Konferensiyalar ligasi finalida yutqazishi talab qilinadi. Mobodo Glasner jamoasi yutib qo‘ysa, Yevropa ligasi yo‘llanmasini oladi hamda Sanderlend Konferensiyalar ligasiga chiqadi, Brayton esa umuman Yevrokuboksiz qolib ketadi. 🇬🇧 Brentford ham yaxshi mavsum o‘tkazdi. Oxirida kerakli ochkolar yetmay qoldi. 🇬🇧Chelsea yangi mavsumda eski darajasiga chiqishi uchun hozirgi o‘rnini hazm qilib turishi kerak. Xabi Alonsoga keyingi mavsum Yevrokuboklarsiz, jismoniy ustunlik bo‘lgan holda yangi jamoa shakllantirishda bu natija plusga ishlaydi. 🇬🇧Oliver Glasnerga hurmatni saqlagan holda qisqa jumla bilan yakuniy baho berish mumkin: top-klubni boshqarishni orzu qilma, Glasner. 🇬🇧 Everton’da hammasi joyida, o‘z o‘rnida. David Moyesga mazza. Rahbariyatning bitta noto‘g‘ri qarori va o‘tgan yili YECHL yo‘llanmasi uchun kurashgan 🇬🇧Nottingem bu safar ligada qolish uchun kurashdi. Rahbariyatning noto‘g‘ri boshqaruvi natijasida ayni holatda chempionlikka da’vogar bo‘lishi kerak bo‘lgan 🇬🇧Tottenhem ayni damda ligada qolganiga xursand. Ha, azizlar, beshavqat APL deydilar buni.) 🇬🇧Marko Silva esa murabbiylik brendini reklama qilgan holda top-klublarni boshqarishga tayyorligini ko‘rsatishi uchun Iraola kabi natija bilan buni ifodalashi kerak. Hali ishlashi kerak, Marko. Hullas, qiziqarli, intrigali, hattoki oxirgi o‘rindagi jamoasi haqida ham maqola yozgisi keladigan ligada mavsum nihoyasiga yetdi. Kontekst bo‘yicha ayniqsa zo‘r mavsum bo‘ldi.;)
Жарияланды 25 күн бұрын
Kechagi La Liga yakuni bo‘yicha yozilgan postda bronza medalini "Villarreal"ga oldinroq topshirib yuborgan edim. Kecha esa “sariq suvosti kemasi”da murabbiylikdagi so‘nggi o'yinini o‘tkazgan Marselino Taral hamda jamoada so'nggi o'yinlarini o'tkazgan eski gvardiya o‘yinchilari Pedraza va Parexo o‘zining so‘nggi o‘yinida bronza medali uchun jang berishdi. Natija ham vahshiyona bo‘ldi. Atletiko transferlarda Barsa va "Real"dan ham ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Lekin Simeonening Madriddagi diktaturasi davrida o‘zi uchun belgilab olgan prioritetlari bor: ligada 4-likka kirish, Kopa del Rey finaliga chiqish, Barsani yenggan holda hamda YECHLda yarim finalgacha borish. Xo‘sh, endi kim ham Simeoneni tanqid qila olardi? O‘zi uchun bosimsiz komfort zona yaratib olgan El Cholo.;)