TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #331

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល2,930ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ9 កក្កដា09/07/2025, 12:17 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

4️⃣4️⃣4️⃣ • Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari quyidagi Davlat nomli stipendiyalari uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin: • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi; • Navoiy nomli davlat stipendiyasi; • Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi. Nomzodlarni aniqlashda ularning a’lo baholarga o‘qishi, chet tilini puxta bilishi, ijodiy, ijtimoiy va intellektual tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlaridagi faolligi inobatga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi uchun nomzodlar: • bitiruvchi kurs talabasi bo‘lishi; • shu kunga qadar bo‘lgan barcha modullardan a’lo baho bo‘lishi; • chet tillarini hamda O‘zbekiston tarixini yaxshi bilishi; • o‘qiyotgan bakalavriat yo‘nalishiga mos mavzuda kamida 2 ta maqola e’lon qilgan bo‘lishi (maqolalar nufuzli va tasdiqlangan gazeta va jurnallarda chop etilganiga ahamiyat beriladi); • yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashgan bo‘lishi kerak. Navoiy hamda Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi uchun tanlovda faqat 3-4-kurs talabalari (ya’ni hozirgi 2- va 3-kurslar nazarda tutilmoqda) ishtirok etishi mumkin. Mazkur stipendiyalar uchun nomzodlar a’lo o‘qishi va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etishi (maqolalar nufuzli va tasdiqlangan gazeta va jurnallarda chop etilganiga ahamiyat beriladi), yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashgan bo‘lishi, chet tillarini hamda O‘zbekiston tarixini yaxshi bilishi kerak. Stipendiyalar uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlardan talab etiladigan asosiy hujjatlar: • ma’lumotnoma-obyektivka (anketa); • GPA (barcha modullar a’lo bo‘lishi zarur); • dekanat va kafedraning tavsiyanomasi; • ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi; • ilmiy ishlar ro‘yxati (yurisprudensiyaga oid kamida 2 ta) va ularning bosma nusxalari; • yo‘nalish (yurisprudensiya) bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda ishtirok etganlikni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom, sertifikat); • boshqa nufuzli yirik tanlovlarda ishtirok etganlik yoki g‘oliblikni tasdiqlovchi (diplom, sertifikat); Davlat nomli stipendiyalari nizomi bilan tanishish... Barcha hujjatlar elektron shaklda fakultet dekanatlariga taqdim etiladi. Elektron hujjat nomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, kursi, guruhi ko‘rsatiladi. 👉 Hujjatlar 25-iyulga qadar qabul qilinadi. @tsulbox