ខ្លឹមសារការប្រកាស
0️⃣0️⃣0️⃣🇯🇵 • TDYUda Yapon huquqini tadqiq qilish markazining 20 yilligi keng nishonlandi Toshkent davlat yuridik universitetida Yapon huquqini tadqiq qilish markazi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tantanali marosimda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Takashi Xatori, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., professor Islambek Rustambekov, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, xorijiy mehmonlar, TDYU va Nagoya universiteti mutasaddilari, professor-oʻqituvchilar va markaz bitiruvchilari ishtirok etdi. Tadbirda soʻz olganlar markazning yapon tili va huquqini oʻrganish, tadqiq qilishdagi oʻrni xususida alohida toʻxtalib, uning Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi. Marosimda TDYUning uzoq yillik hamkori hisoblangan Nagoya universiteti prezidenti janob Naoshi Sugiyamaning ikki davlat hamda ikki oliy ta’lim muassasi uchun qilgan xizmatlari yuksak e’tirof etilib “Toshkent davlat yuridik universiteti faxriy professori” unvoni berildi. Shuningdek, tadbirda Yapon huquqini tadqiq qilish markazi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi. Marosim davomida TDYU talabalari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat ulashdi. Ma’lumot uchun: TDYU va Yaponiyaning nufuzli Nagoya universiteti o‘rtasidagi uzoq muddatli strategik hamkorlik asosida tashkil etilgan Yapon huquqini tadqiq qilish markazi O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi akademik aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Markaz talabalar uchun yapon tilini chuqur o‘rganish imkoniyatlarini yaratish, yapon huquq tizimi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlarni berish, shuningdek, bu yerda tahsil olayotgan talabalarning huquqshunoslik sohasida mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishiga koʻmaklashadi. Bundan tashqari, markaz Nagoya universiteti magistratura dasturlariga kirish va magistr darajasini qo‘lga kiritish uchun zarur akademik tayyorgarlik ko‘rishda ham muhim rol o‘ynaydi. @tsulbox