ខ្លឹមសារការប្រកាស
🌏🎓📚 • CALR (Central Asian Legal Research) stipendiyasi 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi Toshkent davlat yuridik universitetining CALR Fellowship stipendiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan bogʻliq koʻplab huquqiy muammolarni qamrab oladi. 👉 Stipendiyaning maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy islohotlar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha tadqiqotlar olib borish, huquq nazariyasi, qonunchilik va huquqiy innovatsiyalar sohasidagi hozirgi va kelajakdagi muammolarga alohida eʼtibor berishdir. ✅Yaqin yillarda TDYU quyidagi jihatlarga eʼtibor qaratgan holda qator tadbirlarni amalga oshiradi: 1. Shunga oʻxshash mavzularni oʻrganadigan boshqa yuridik universitetlar va tadqiqot markazlari bilan tarmoq yaratish; 2. Innovatsion va keng koʻlamli milliy va xalqaro tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni topish; 3. Ilmiy faoliyatni sarhisob qilish va kelgusidagi tadqiqot yoʻnalishlarini belgilash uchun yil oxirida yillik konferensiyani tashkil etish; 4. Tegishli mavzular boʻyicha qoʻshma ilmiy ishlar va nashrlarni (kitoblar va maqolalar) chop etish; 5. Tadqiqotning eng murakkab va qiziqarli yoʻnalishlarini ilgari surish maqsadida huquqshunos olimlar va Markaziy Osiyo mutaxassislarini birlashtirgan turli tadbirlarni tashkil etish. 🎓 Shuning uchun TDYU xorijiy tadqiqotchilar va oʻqituvchilarni TDYU Huquqiy tashabbuslari va innovatsiyalari markazida stipendiat (“Fellow”) lavozimiga rasmiy ariza berishga taklif qiladi. Nomzodlarni qabul qilishda ularning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Qonunchilik va huquqiy islohotlar bilan bogʻliq mavzulardagi kasbiy yutuqlari va akademik tajribasiga alohida eʼtibor beriladi. 📨 Talabgorlar arizalarini quyidagi elektron pochtaga yuborishi mumkin: [email protected] 👀 Hujjatlar PDF formatida yuborilishi kerak. ⏰ Arizalar 20-sentabr GMT vaqti bilan 23:59 dan kechiktirmay topshirilishi lozim. 💻 Nomzodlarning xohishiga koʻra, TDYU masʼullari tomonidan video qoʻngʻiroq orqali yoki shaxsan suhbat oʻtkaziladi. 📆Muhim sanalar: • Qabul boshlanishi: 2025-yil 1-avgust. • Qabul to‘xtatilishi: 2025-yil 20-sentabr. • Tanlov jarayonlari: 2025-yil 20-sentabrdan 10-oktyabrgacha. • Onlayn ishtirok etish: 2025-yil sentabrdan 2026-yil iyungacha. • Shaxsan ishtirok etish: 2026-yil sentabr/oktyabr. Dastur boʻyicha batafsil maʼlumot olish va oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bosh mutaxassisi Og‘abek Temirovga murojaat qiling. Murojaat uchun telefon: +99893661-60-70 (WhatsApp). Elektron pochta: [email protected] @tsulbox