TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #359

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល992ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ14 សីហា14/08/2025, 10:18 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

👨‍💻👩‍💻🧠 • Huquqiy etika bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturining ikkinchi kunida kasbiy mustaqillik, maxfiylik tamoyillari va kasbiy sir haqida ma’lumot berildi Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida PILnet va “White & Case” xalqaro yuridik firmasi bilan hamkorlikda huquqiy etika bo‘yicha xalqaro o‘quv dasturi o‘tkazilmoqda. Dasturning ikkinchi kunidagi ilk sessiya “Professional independence” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotda “White & Case” hamkori va bosh konsulti Jennifer Paradise, “Kosta Legal” hamkori Shuhrat Yunusov va TDYU Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Shahzoda To‘ychiyeva tomonidan advokat va yuristlarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi, mijoz, davlat va boshqa tashqi bosimlardan xoli bo‘lish zarurati haqida ma’lumot berildi. Sessiya davomida ishtirokchilar xalqaro amaliyotdagi misollarni tahlil qilib, kasbiy mustaqillikni saqlashning real hayotdagi muammolarini muhokama qildi. Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun ikki bosqichda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Unda talabalar guruhlarga bo‘lingan holda haqiqiy huquqiy vaziyatlarga asoslangan keyslarga yechim izladi. Mashg‘ulotlar ishtirokchilarga mantiqiy fikrlash, huquqiy tahlil qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi. Amaliy mashg‘ulotlarni moderator sifatida tajribali advokatlar va xalqaro ekspertlar olib bordi. Kun davomida o‘quv dasturi ishtirokchilari uchun “The duty of confidentiality and the right of professional secrecy” mavzusida mashg‘ulot tashkil etildi. Unda White & Case” hamkori va bosh konsulti Jennifer Paradise, Qirg‘iziston Advokatlar palatasi huzuridagi Trening markazi direktor o‘rinbosari Nazira Raimjanova va “Kosta Legal” hamkori Shuhrat Yunusov tomonidan huquqshunoslikda maxfiylik tamoyilining huquqiy asoslari, xalqaro standartlar va amaliyotdagi murakkab vaziyatlar haqida ma’lumot berdi. Mutaxassislar maxfiylikni buzish oqibatlari, mijoz manfaatlarini himoya qilishdagi nozik jihatlar hamda turli yurisdiksiyalardagi tartibotlarni taqqoslab berdi. O‘quv dasturining ikkinchi kunida talabalar real huquqiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish, mustaqillikni saqlash hamda mijoz maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha qimmatli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda o‘zlarini advokat va yurist rolida sinab ko‘rdi. @tsulbox