TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #362

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,050ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ15 សីហា15/08/2025, 02:22 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

0️⃣0️⃣0️⃣ • Faringiz Yusupova “Adliya ayoli — 2025” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etadi Toshkent davlat yuridik universitetida “Adliya ayoli — 2025” tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi Adliya tizimida faoliyat yuritayotgan, yuksak huquqiy bilim va kasbiy mahoratga ega, tashabbuskor hamda faol ayollarni aniqlash, ularning salohiyatini namoyon etish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlovning universitet bosqichida ishtirokchilar ikki shart bo‘yicha bellashdi. 1-shartda huquqiy mavzulardan shakllantirilgan 30 ta test savollari orqali ishtirokchilarning yuridik bilimlari va amaliy tajribalari sinovdan o‘tkazildi. 2-shartda esa ishtirokchilar qonunchilik sohasidagi muammolardan biriga yechim sifatida o‘z taklifini taqdim etdi. Besh daqiqa davomida o‘z g‘oyasini asoslab bergan ishtirokchilarni Hakamlar hay’ati muammoning dolzarbligi, taklif etilayotgan yechimning maqsadga muvofiqligi va yangiligi mezonlari asosida baholadi. Ikki shart yakuniga ko‘ra, natijalar quyidagicha: 1-oʻrin — Faringiz Yusupova, Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi; 2-oʻrin — Karima Rajabova, Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi; 3-oʻrin — Xurshida Kurbanova, Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi. Endi Faringiz Yusupova tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi. Gʻolib va sovrindorlar tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. @tsulbox