TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #380

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,360ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ30 សីហា30/08/2025, 03:10 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

TDYU bakalavriati va magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar 15 sentabrga qadar davom etadi 👉 Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasiga 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli davom etmoqda. 📆 Hujjatlar 15-sentabrga qadar online.tsul.uz platformasi orqali qabul qilinadi. 👀 TDYUga o‘qishga kirishni xohlagan xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shaklda qabul qilish tо‘g‘risidagi arizani tо‘ldirib, unda ta’lim yо‘nalishi, ta’lim tili va shakli, xorijiy fuqaro tomonidan oliy ta’lim muassasasini tugatgani yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi, xorijiy fuqaro suhbat о‘tkazish qoidalari bilan tanishganini ko‘rsatishi kerak. ✅Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: – xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning о‘rnini bosuvchi hujjat; – belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qо‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, о‘rganilgan fanlar va ular bо‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) kо‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat. Arizaga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bо‘lmagan) alohida fayl kо‘rinishida bо‘lishi kerak. Har bir fayl о‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim. 📎 Hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan nusxalari kо‘rinishida ilova qilingan holda jо‘natilishi lozim. Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun +998 97 198-00-80 raqamiga yoki [email protected] pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.