TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #383

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,330ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ3 កញ្ញា03/09/2025, 01:53 PM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

0️⃣0️⃣0️⃣ • Yuridik ta’lim va fan sohasi fidoiylari bo‘lgan faxriy professorlar nomidagi stipendiya g‘oliblariga guvohnomalar topshirildi Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik ta’lim va fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan faxriy professorlar nomidagi stipendiyalar ta’sis etilgan. 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan “Talabalikka bag‘ishlov” bayram tadbiri doirasida mazkur stipendiyalar uchun o‘tkazilgan tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalarga guvohnomalar topshirildi. Quyida TDYUda ta’sis etilgan stipendiyalarning 2025/2026-o‘quv yili uchun stipendiatlari bilan tanishishingiz mumkin: 1. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, “Jasorat” medali sohibi, yuridik fanlar doktori, professor Rahmonqulov Hoji-Akbar Rahmonqulovich nomidagi stipendiya: — Muhammadnur Murodxonov, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi; — Xumora Mamirova, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi. 2. O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor, “Shuhrat” medali sohibi Abdumajidov G‘afur Abdumajidovich nomidagi stipendiya: — Mohinur Bobomurodova, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi; — Iroda O‘tashova, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi. 3. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, yuridik fanlar doktori, professor, davlat arbobi Azizxo‘jayev Alisher Abbosovich nomidagi stipendiya: — Madaminbek Umbarov, Ommaviy huquq fakulteti talabasi. 4. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Shoraxmetov Shoakbar Shorustamovich nomidagi stipendiya: — Samandar Mallaxonov, Xususiy huquq fakulteti talabasi. @tsulbox