ខ្លឹមសារការប្រកាស
0️⃣0️⃣0️⃣ • 2025/2026-o‘quv yili uchun TDYU stipendiyasi va ta’lim granti sohiblari aniqlandi Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi va ta’lim granti uchun munosib nomzodlarni tanlab olish uchun iyul-avgustda 2-bosqichli tanlov o‘tkazildi. Nomzodlarni aniqlashda ularning a’lo baholarga o‘qishi, chet tilini puxta bilishi, ijodiy, ijtimoiy va intellektual tanlovlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jamoat ishlaridagi faolligi inobatga olindi. Tanlov yakunida quyidagi natijalar qayd etildi: TDYU stipendiyasi sohiblari: 1. Ibrohimjon Maxmudov, Ommaviy huquq fakulteti talabasi; 2. Shahruz Alixanov, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi; 3. Kumushoy Ro‘zimboyeva, Xususiy huquq fakulteti talabasi; 4. Raximabonu Ro‘ziyeva, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi. TDYU stipendiyasi har oyda bazaviy stipendiyaning bir yarim baravari miqdorida berib boriladi. TDYU ta’lim granti sohiblari: 1. Charos Eshmamatova, Ommaviy huquq fakulteti talabasi; 2. Otabek Urazboyev, Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi; 3. Muhayyo Mannonova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi. Ushbu talabalar 2025/2026-o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining yarmidan ozod etiladi. “Talabalikka bag‘ishlov” bayram tadbiri doirasida stipendiatlar va grant sohiblariga guvohnomalar topshirildi. @tsulbox