ខ្លឹមសារការប្រកាស
4️⃣4️⃣4️⃣ • O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi vakant lavozimlar uchun tanlov e’lon qildi O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi quyidagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi: • Matbuot kotibi; • Magistratura fakulteti bosh mutaxassisi; • Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi; • Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi; • Devonxona va arxiv mudiri; • Xo‘jalik bo‘limi bosh mutaxassisi. Nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov ikki bosqichda: test sinovlari va suhbat tarzida o‘tkaziladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbatda ishtirok etadi. Tanlovda ishtirok etish istaganlar 12-sentyabr 18:00 ga qadar quyidagi hujjatlarni Odil sudlov akademiyasining [email protected], [email protected] elektron pochtasi yoki Odil sudlov akademiyasiga (100097, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy) yuborishi kerak: • ariza (yashash manzili va telefon raqamini ko‘rsatgan holda); • ma’lumotnoma (obyektivka). Qo‘shimcha ma’lumot uchun +99855 501-01-67 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Quyida nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishingiz mumkin: Matbuot kotibi lavozimiga nomzod: • oliy yuridik va/yoki jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi; • jurnalistika yoki OAV sohasida kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lishi; • o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi; • AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Magistratura fakulteti bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod: • oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi; • oliy ta’lim tizimini boshqarishda kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi; • o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi; • AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod: • oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi; • yoshlar masalalari bo‘yicha ishlash tizimida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi; • tashabbuskorlik, jamoa bilan ishlash, jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish qobiliyatlariga ega bo‘lishi; • o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi; • AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod: • oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi; • axborot-resurs markazi va kutubxona faoliyatini tashkil etish va boshqarish sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi; • o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi; • AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Devonxona va arxiv mudiri lavozimiga nomzod: • oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi; • ish yuritish va arxiv materiallari bilan ishlash sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi; • davlat tashkilotlarida ish yurituvini tartibga soluvchi elektron platformadan erkin foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; • o‘zbek, ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi; • AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Xo‘jalik bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimiga nomzod: • oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; • tovar-moddiy boyliklarini saqlash va foydalanish sohasida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi; • binolarni saqlash, ekspluatatsiya qilish, favqulodda holatlarda muhofaza choralarini ko‘rish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; • o‘zbek va rus tillarini yaxshi bilishi; • AKTdan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi. @tsulbox