ខ្លឹមសារការប្រកាស
4️⃣4️⃣4️⃣ • TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov o‘tkazilmoqda Siz talabalarning ovozi bo‘lish va o‘zgarishlar qilishga hissa qo‘shishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Fakultet-talabalar va kafedra-talabalar qo‘mitalari a’zolariga aylaning hamda tengdoshlaringiz uchun vakillik qiling hamda universitetimiz rivojiga va ta’lim sifatini yaxshilashga o‘z hissangizni qo‘shing! Shu bilan birga talabalarning ta’lim olishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga universitetga yordam bering. Fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylanish uchun 20-sentyabr 23:59 ga qadar quyidagi havola orqali nomzodingizni ko‘rsating: https://forms.gle/hPdrstCu6icUsTEeA Sizga qo‘yiladigan yagona talab — universitet hayotiga va talabalarning huquq va erkinliklariga befarq bo‘lmaslik! Saylov komissiyasi nomzodlarning tajribasini, motivatsion xatini hamda rejasini o‘rgangan holda har bir fakultetning har bir kursidan oltita nomzodni saylovda ishtirok etish uchun tanlab oladi. Saralash bosqichi natijalari 22-sentyabrda TDYU Talabalar Assotsiatsiyasining Telegramdagi rasmiy kanali @sa_tsul da e’lon qilinadi. Nomzodlar e’lon qilinganidan so‘ng 26-sentyabrga qadar o‘z saylov oldi tashviqotlarini o‘tkazadi. 27–29-sentyabr kunlari har bir fakultetning har bir kursidan 3 nafar nomzod universitet elektron platformasi orqali umumiy, to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan talabalar tomonidan saylanadi. Saylov natijalari 30-sentyabr kuni e’lon qilinadi. @tsulbox