ααααΉαααΆαααΆααααααΆα
π€ππ¨βπ«π©βπ«πΊπΏπ€π°π· β’ TDYU va Koreya qonunchiligi tadqiqot instituti oβrtasida hamkorlik aloqalari kengaytirilmoqda Koreya qonunchiligi tadqiqot instituti (Korea Legislation Research Institute) delegatsiyasi β institut prezidenti Yeongsoo Han, Xalqaro hamkorlik departamenti bosh direktori Hyunggun Kim, Almashinuv va hamkorlik jamoasi guruh rahbari Heejee Jang hamda institut tadqiqotchisi Suhyun Yun Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.b., professor, Dr.Islambek Rustambekov hamda universitet masβullari ishtirok etdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik aloqalarini kengaytirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, turli ilmiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish, qonunchilik sohasida tajriba almashish, almashinuv dasturlari uchun qulaylik yaratish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, TDYU rektori v.b. I.Rustambekovning oktyabr oyida Koreya Respublikasiga tashrifi davomida amaliy hamkorlikni mustahkamlash boβyicha qator hujjatlarni imzolashga kelishib olindi. Maβlumot uchun: Koreya qonunchiligi tadqiqot instituti Koreya Respublikasida qonunchilikka ixtisoslashgan davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yagona tadqiqot institutidir. Tadqiqot instituti 1990-yil iyulda milliy qonunchilik siyosatini shakllantirishda hukumatni qoΚ»llab-quvvatlash va Koreyada qonunchilik madaniyatini yaxshilashga hissa qoΚ»shish maqsadida tashkil etilgan. @tsulbox