ខ្លឹមសារការប្រកាស
4️⃣4️⃣4️⃣ • TDYU Tahririy-nashriyot bo‘limi nashriyot va tipografiya xizmatlarini taqdim etadi Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga Toshkent davlat yuridik universitetida Tahririy-nashriyot bo‘limi faoliyat yuritib kelmoqda. Bo‘lim Davriy nashrlar sektori hamda Tipografiya sektorlaridan tashkil topgan bo‘lib, universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari tomonidan tayyorlangan ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-ommabop, oʻquv, oʻquv-uslubiy va boshqa materiallarni nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlari bilan shugʻullanadi. Shuningdek, universitet muassisligidagi “Yuridik fanlar axborotnomasi”, “Yurisprudensiya”, “TSUL Legal Report” hamda “Kriminologiya va jinoiy odil sudlov” jurnallariga maqolalar qabul qilish, nashrga tayyorlash va davriyligi boʻyicha chop etish ishlarini ham aynan Tahririy-nashriyot bo‘limi amalga oshiradi. So‘nggi 3 yilda bo‘lim tomonidan 300 dan ortiq nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq nomdagi monografiya hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlar chop etilgan. Shu bilan birga Toshkent davlat yuridik universiteti Tahririy-nashriyot bo‘limi sizlar uchun quyidagi nashriyot va tipografiya xizmatlarini taqdim etadi: 1. Tahrirlash va musahhihlik xizmati Bunda siz o‘zbek, rus va ingliz tilidagi matnlarni tahrir qilish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Tahririyatning yuqori malakali muharrirlari va musahhihlari nafaqat uch tildagi ilmiy va ijodiy materiallaringizni, balki o‘quv va ilmiy adabiyotlar, dissertatsiya va avtoreferatlaringizni ham belgilangan talablar asosida tahrirdan o‘tkazib beradi. 2. Sahifalash xizmati Bunda siz o‘quv va ilmiy manbalarning asl maketini chop etishga tayyorlash hamda dissertatsiya va avtoreferatlarni Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida sahifalab berishda tahririyatning texnik muharrirlari xizmatidan foydalanishingiz mumkin. 3. Muqova yaratish va dizayn xizmatlari O‘quv va ilmiy kitoblarning muqovasi dizaynini yaratish, turli tadbirlar va ko‘rgazmalar uchun materiallar dizaynini tayyorlashda tahririyat dizaynerlari xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. O‘zgacha uslubdagi dizayn xizmatlari sizning o‘quv va ilmiy asarlaringiz hamda turli tadbirlaringizning yanada ommabop bo‘lishini ta’minlaydi. 4. Chop etish xizmatlari Endi ilmiy va ijodiy materiallaringizni chop etish uchun bosmaxona qidirib yurishingiz shart emas. Chunki Toshkent davlat yuridik universiteti Tahririy-nashriyot bo‘limi bu borada ham sizga yaqin ko‘makchi bo‘ladi. Bo‘lim bosmaxonasi sizga o‘quv va ilmiy adabiyotlarni, A3, A4, A5 va boshqa kichik formatdagi turli ko‘rgazmali materiallarni rangli va oq-qora formatda chop etib berish xizmatlarini ham taqdim etadi. Tahririy-nashriyot boʻlimi bilan bogʻlanish: Telegram: https://t.me/tdyutnb Elektron pochta: [email protected] Telefon raqami: 233-66-36, 1169 (ichki raqam) Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh koʻchasi, 35-uy @tsulbox