TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #415

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,400ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ18 កញ្ញា18/09/2025, 10:21 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

4️⃣4️⃣4️⃣ • Qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul uchun rus va ingliz tilidan imtihon 23-sentabrda o‘tkaziladi Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, M.S. Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universiteti, Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti va Nagoya iqtisodiyot universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Ayni kunlarda mazkur dasturlarga qabul uchun imtihonlar davom etmoqda. Xususan, M.S. Narikbayev nomidagi Qozog‘iston davlat yuridik universiteti va Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari abituriyentlari uchun kirish sinovlarining ikkinchi bosqichi doirasidagi rus tili fanidan test sinovlari 23-sentabr 16:00 da boshlanadi. Nagoya iqtisodiyot universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan qo‘shma ta’lim dasturlari abituriyentlari uchun kirish sinovlarining ikkinchi bosqichi doirasidagi ingliz tili fanidan test sinovlari esa 23-sentabr 17:00 da boshlanadi. Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash Agentligi binosida o‘tkaziladi. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy. (https://yandex.ru/navi/org/227453615722?si=dec7m3jzxkvwdd9ruy8qbfjynm) Abituriyentlar test sinovlarini oʻtkazish joyiga oʻziga tegishli pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi bilan 23-sentabr 15:30 ga qadar yetib kelishi shart. Pasport yoki ID-kartani taqdim etmagan yoki imtihonga oʻz vaqtida kelmagan abituriyentlar test sinovlarga qoʻyilmaydi! Abituriyentlar ro‘yxati bilan tanishish: https://drive.google.com/file/d/15mQGuFEG7mhBVbfNTSACkJcMjAv9zNU-/view?usp=sharing Eslatib o‘tamiz, mobil telefon va qimmatbaho buyumlarni binoga olib kirishga ruxsat berilmaydi. @tsulbox