TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files
TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files avatar

TGINSIGHT POST

Post #432

@tsulbox

TSULbox ORIGINAL | Photo, Video, Media, Files

ការមើល1,380ចំនួនការមើល
បានផ្សព្វផ្សាយ22 កញ្ញា22/09/2025, 11:53 AM
ខ្លឹមសារ

ខ្លឹមសារការប្រកាស

2️⃣2️⃣2️⃣ • Yuridik tadqiqotlarda yangi ufqlar Toshkent davlat yuridik universitetida CALR Fellowship dasturining 4-mavsumi doirasida “International Legal Research Forum” o‘tkazildi. Xalqaro forumda milliy va xorijiy ekspertlar, dunyoning nufuzli universitetlari, shu jumladan, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar ishtirok etdi. Shuningdek, forumda 10 nafar xorijiy mutaxassis shaxsan tashrif buyurgan holda, yana 4 nafar ma’ruzachi dunyoning turli qit’alaridan onlayn tarzda ishtirok etdi. Yuridik tadqiqotlar metodologiyasini chuqur o‘rganish, yangi ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish va bu yo‘nalishda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, shu orqali huquqshunos olimlar va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy izlanishlarni samarali yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro forum doirasida to‘rt yo‘nalishda muhokamalar tashkil etildi. “Legal Research Fundamentals” mavzusidagi dastlabki panel sessiya yuridik tadqiqotlarning nazariy poydevori, metodologik asoslari va ilmiy izlanishlarda qo‘llaniladigan vositalarga bag‘ishlandi. Unda huquqiy manbalarni tanlash va ularning ishonchliligini baholash, nazariy bilimlarni amaliy ehtiyojlarga uyg‘unlashtirish, talabalar va yosh tadqiqotchilarda mustaqil ilmiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Ikkinchi yo‘nalish “Comparative Method of Legal Research” mavzusiga bag‘ishlandi hamda unda turli huquqiy tizimlarni solishtirishda madaniy va tarixiy farqlarni hisobga olish, huquqiy normalarni tahlil qilishda xalqaro standartlarning ahamiyati, qiyosiy metodologiyaning yetarli darajada standartlashtirilmagani muammosi muhokama qilinib, bu borada takliflar bildirildi. “Legal Research Models” mavzusidagi uchinchi panel sessiyada yuridik tadqiqotlarda turli modellarni tatbiq etish xususida so‘z yuritilib, empirik tadqiqot modellaridan foydalanishning afzalliklari va chegaralari, nazariy modellarni amaliyotga tatbiq etishda uchraydigan qiyinchiliklar, yuridik tahlilda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. So‘nggi yo‘nalish “Interdisciplinary Research in Law: Needs, Challenges and Strategies” mavzusiga bag‘ishlandi. Sessiyada fanlararo yondashuv zamonaviy huquqshunoslikning muhim talabiga aylangani alohida ta’kidlanib, huquqshunoslikni iqtisodiyot, siyosatshunoslik, sotsiologiya, axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish ehtiyoji, turli fanlar o‘rtasidagi terminologik farqlarni uyg‘unlashtirish qiyinchiliklari, sun’iy intellekt, Big Data va raqamli texnologiyalarni yuridik izlanishlarga tatbiq etishdagi imkoniyatlar va xavf-xatarlar tahlil qilindi. Ikki kun davom etgan konferensiya davomida huquqiy tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha ilmiy bahslar olib borildi. Ishtirokchilar yangi metodik yondashuvlarni o‘zlashtirib, xalqaro tajriba asosida huquqiy izlanishlarda innovatsion uslublarni qo‘llash imkoniga ega bo‘ldi. Forum yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy hamkorlik tarmog‘iga qo‘shilish va o‘z ilmiy qarashlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bir so‘z bilan aytganda, “International Legal Research Forum” nafaqat ilmiy fikr almashish maydoni, balki yuridik tadqiqotlarda metodologik yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilgan muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. @tsulbox